Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.08.2017 14:22 Chop etish versiyasi

“Premium capital group” poyabzallari

“Premium capital group” poyabzallari Qarshi shahridagi “Premium capital group” mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy texnologiya asosida yiliga 500 ming juft poyabzal ishlab chiqarilmoqda.

–Mahsulotlarimizga talabni hisobga olib, ishlab chiqarish hajmini kengaytirdik, – deydi korxona rahbari Dilshod Muftillayev. – Tegishli loyiha asosida foydalanilmayotgan binoni 1 milliard 800 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda oldik. – Xorijdan charm terini bichish va tikish, presslash va pardozlash, tagcharmlarni qo‘yish ishlarini bajarishga mo‘ljallangan texnologik liniya keltirildi. Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi samarasida qo‘shimcha 50 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi.

Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
1 610






Все о погоде - Pogoda.uz