Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 10:30 Chop etish versiyasi

Poytaxtimizda “UzMedExpo – 2017” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizda “UzMedExpo – 2017” xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi ochildi “O‘zekspomarkaz”da o‘ninchi xalqaro ixtisoslashgan “UzMedExpo – 2017” tibbiyot ko‘rgazmasi ish boshladi.

Tadbirda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari bilan bir qatorda Xitoy, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Italiya, Shveytsariya, Chexiya kabi mamlakatlardan 50 dan ziyod yetakchi kompaniya va firmalar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada zamonaviy diagnostika, davolash, tibbiy laboratoriya asbob-uskunalari, maxsus mebellar, farmatsevtika va kosmetologiya mahsulotlari hamda vitaminlar namoyish etilmoqda.

A’lo Abdullayev (surat), O‘zA
1 230






Все о погоде - Pogoda.uz