O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oliy Majlis huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining hukuqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti (biznes ombudsman) faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi.

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmurodov, Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi raisi A.Saidov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar Oliy Majlis huzurida Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti tashkil etilishi tadbirkorlarning huquqini qo‘llab-quvvatlash, normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish samaradorligini oshirish, amaldagi qonunchilik me’yorlariga to‘liq rioya etilishi yuzasidan ijro intizomini takomillashtirishda mustahkam kafolat bo‘lishini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni sohada yangi bosqichni boshlab berdi.

Farmonda 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilingan. Yuridik shaxsning tugatilishi bilan bog‘liq tekshirishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilishi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida faqat Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno.

Farmonga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunlar ijrosi ustidan parlament nazorati shakllarini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti tashkil etiladi. Bu institut tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilishni ta’minlashi, davlat tuzilmalari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifodalashi nazarda tutilgan.

Seminarda farmon qoidalarini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini izchil rivojlantirish, xususiy mulkchilikni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatdan yaxshilash borasida beshta eng ustuvor soha bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, xalqaro standartlar asosida bir qator qonunlarni qabul qilish nazarda tutilgani ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda xususiy mulk har tomonlama himoyada, – deydi Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Dovurjon Shodiyor” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Safaroy Berdiyeva. – Biznes ombudsman tashkil etilishi tadbirkor va ishbilarmonlarga, ayniqsa, kichik biznes vakillariga erkin va samarali ish yuritish, iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‘shishda yangi imkoniyatlar yaratadi.

Seminarda biznes ombudsmanning huquqlari, uning hududlardagi bo‘limlari va ularning moddiy-texnik ta’minoti, vakillarni tanlash yoki saylash jarayoni kabi masalalarga doir taklif va mulohazalar bildirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda biznes ombudsman faoliyatining huquqiy asoslariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi