Biznes-forumda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov, Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Bashar davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar samarasida O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Istanbul savdo palatasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, investitsiya, savdo-sanoat, turizm, qurilish, energetika, elektrotexnika qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, kimyo, tog‘-kon va yengil sanoati, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va shirkatlari rahbarlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-may kuni Pekinda bo‘lgan “Bir makon, bir yo‘l” forumi, 10-sentabr kuni Ostona shahrida o‘tgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuvlari, 2016-yil 17-18-noyabr kunlari Turkiya Prezidentining mamlakatimizga tashrifi ikki tomonlama aloqalar rivojida yangi sahifa ochdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda Turkiya sarmoyasi ishtirokida 440 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. 2016-yil o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil qilgan. Shundan qariyb 710 million dollari mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksporti ulushiga to‘g‘ri keladi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi” qonuni ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda mustahkam kafolat bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi. Mehmonlarga mamlakatimizda investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritish imkoniyatlari, taklif etilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari haqida ma’lumot berildi.

– O‘zbekiston va Turkiyani tarixiy rishtalar bog‘lab turadi, – dedi Istanbul savdo palatasi prezidenti Ibrohim Chag‘lar. – Bu O‘zbekiston bilan savdo-sanoat, sayyohlik, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini bermoqda. Mazkur forum hamkorligimizda yangi imkoniyatlar va istiqbollar ochadi.

Anjumanda turkiyalik ishbilarmonlar mamlakatimizga sarmoya kiritish istiqbollari, ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasi, to‘qimachilik va yengil sanoat, sayyohlik sohasidagi imkoniyatlar bilan tanishdi.

Biznes-forumda o‘zbekistonlik va turkiyalik ishbilarmonlar istiqbolli kelishuvlarga erishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda 30-sentabr kuni O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi