Toshkent shahar hokimligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali poytaxtimiz elektr energiyasi ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar hokimligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali poytaxtimiz elektr energiyasi ta’minoti tizimini yanada rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va shahar hokimligi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Toshkent shahar iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgani, aholi farovonligi yuksalib, sanoat korxona va kompaniyalari soni ko‘payib borayotgani foydalanilayotgan elektr energiyasi hajmining ortishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Elektr ta’minoti tarmoqlarining ishlash quvvatini ta’minlash va ularni modernizatsiya qilish, poytaxtimiz aholisi va korxonalarga uzluksiz hamda sifatli elektr energiya ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2009-yil 22-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh muhandisi D.Saydullayevning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda poytaxtimizda 595 mingdan ortiq jismoniy va 18 mingdan ziyod yuridik shaxs elektr ta’minoti xizmatidan foydalanmoqda. Shu bois markazlashtirilgan elektr ta’minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, eskirgan kabel va simlarni almashtirish, kapital ta’mirlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda eskirgan va ishdan chiqqan simlar elektr energiyasi uzatish liniyalarining har qanday ob-havo sharoitida barqaror ishlashini ta’minlaydigan zamonaviy izolatsiyalangan simlar bilan almashtirilmoqda. Tez orada 30 kilometrdan ortiq masofaga shunday simlar tortilishi rejalashtirilayotir.

Markazlashtirilgan elektr tarmoqlarining “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan modernizatsiya qilinishi samarasida joriy yilda elektr energiyasini avariya holatida o‘chirishlar sezilarli kamaydi. Joriy yil oxiriga qadar 280 kilometr elektr tarmoqlari kapital ta’mirlanadi.

Matbuot anjumanida foydalanilgan elektr energiyasini hisobga oladigan zamonaviy priborlarni joriy etish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Ayni paytda poytaxtimizda elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatish davom ettirilmoqda. Masalan, Bektemir tumani aholisi ushbu tizimga to‘liq ulandi. Buning samarasida elektr energiyasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. Yaqin orada Mirobod, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlari iste’molchilari ham ushbu tizimga ulanadi.

Tadbirda soha mutaxassislari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimiz elektr ta’minoti tizimi takomillashmoqda