Sirdaryo tumanida barpo etilayotgan ipak yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “Agroglobal“ mas’uliyati cheklangan jamiyati zavodi binosi poydevoriga tamal toshi qo‘yildi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Sharipov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari K.Sobirov va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida ipakchilik tarmog‘i va to‘qimachilik sanoatini yanada rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, ilm-fan sohasidagi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Qarorda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, sanoatbop pilla xomashyosi yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq tadbirlar belgilangan.

– Sirdaryo tumanidagi Kamolot mahallasida barpo etilayotgan korxonaning loyiha qiymati 5 million dollar, – deydi «Agroglobal» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori o‘rinbosari D.Xoldorov. – Bu yerda pillaga ishlov berishdan tortib, eksport uchun ipak mato va kiyim-kechak ishlab chiqarish jarayoni to‘liq amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda "nol" xarid qiymatida olingan sobiq 2513-avtobaza binosini moslashtirib, tubdan qayta ta’mirlash, Xitoydan pillani qayta ishlaydigan texnologiyalar keltirib o‘rnatish, 4 sex tashkil qilish rejalashtirilgan.

Ushbu sexlar joriy yilning ikkinchi choragida ishga tushiriladi, bu esa 200 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Bu yerda yiliga 400 tonna pilla qayta ishlanib, ipak kalavasiga aylantiriladi.

Joriy yilda viloyatning har bir tumanida ikkitadan zamonaviy pillaxona qurish, mavjud 1 ming 323 gektar tut plantatsiyalarini qayta rekonstruksiya qilish, yangilarini barpo etish ko‘zda tutilgan.

Loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, 2021-yilda yakuniga yetkaziladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 500 ish o‘rni yaratilib, yillik eksport quvvati 10 million dollarni tashkil etadi. Tayyor mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Tumandagi sobiq 2513-avtobazani tubdan qayta qurish ishlari boshlab yuborildi. An’anaga ko‘ra, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, quruvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavod poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pillachilik: Sirdaryo tumanida qayta ishlash korxonasi qurilishi boshlandi