Mamlakatimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini oshirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish, yoshi ulug‘ insonlarga davlat xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-martdagi “Pensiya va nafaqalar to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Xalq banki pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli moliya muassasasi qilib belgilandi.

Ayni vaqtda pensiya va nafaqalarni pensionerlarning o‘zlari istiqomat qiladigan mahallalarda naqd pul shaklida tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Mustaqil harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar, betob kishilarga pensiya va nafaqalar uylariga yetkazib berilayotgani yoshi ulug‘larimizni mamnun etmoqda.

Bank axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mazkur yo‘nalishda yangi loyiha amaliyotga joriy etilgan. Pensiya mablag‘lari tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida “ishonch telefoni” xizmati tashkil etilgan. Endilikda pensionerlar o‘z pullarini olish jarayonidagi har qanday muammo yuzasidan “1106” qisqa raqami orqali murojaat qilishi mumkin.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar keksalarga nafaqat moddiy, ayni paytda ma’naviy-ruhiy madad bo‘layotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pensionerlarga yana bir qulaylik