O‘zA O`zbek

16.03.2020 Chop etish versiyasi

Paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari faoliyatini baholash tartibi belgilanadi

Paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari faoliyatini baholash tartibi belgilanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish klasterlari va tashkilotchilari faoliyatini baholash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Maʼlum qilinishicha, klasterlar faoliyatini baholash mezonlari quyidagicha:

Qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va mahsulot yetishtirish;

Klasterlar va paxta xom ashyosini yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari oʻrtasida shartnoma munosabatlari va paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish;

Klasterlarda qayta ishlash quvvatlarini mavjudligi;

Paxta xomashyosini qayta ishlash;

Tolani qayta ishlash va yuqori qiymatli raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish.

Shuningdek, paxta xom ashyosini toʻliq qayta ishlash va toʻqimachilik hamda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha vertikal integratsiyalashgan ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish boʻyicha zimmasiga qabul qilingan investitsiya majburiyatlarini bajarilganligi.

Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va eksportga yoʻnaltirish boʻyicha yarim tayyor va yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarilganligi, ichki va tashqi bozorga yoʻnaltirilganligi:

Paxta tolasini majburiy markirovka (tamgʻalash) va avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish tizimini joriy etilganligi.

Boʻlgʻusi paxta hosili va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sugʻurtalanganligi.

Sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilganligi, bunda ishlab chiqarish, transport, agrotexnik tadbirlar va tijorat banki bilan integratsiyalashganligi, “onlayn” nazoratni yoʻlga qoʻyilganligi kabi mezonlar asosida baholab boriladi.

3 471
OʻzA