O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston menejerlar uyushmasi va «Parrandasanoat» uyushmasi hamkorligida birinchi Toshkent xalqaro parrandachilar forumini tashkil etdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston menejerlar va «Parrandasanoat» uyushmalari, Xalqaro parrandachilik kengashi vakillari, mamlakatimiz va MDH davlatlari parrandachilik fabrikalari rahbar va mutaxassislari, naslchilik materiallari, asbob-uskunalar, ozuqa qo‘shimchalari, veterinariya preparatlari yetkazib beradigan firma va kompaniyalar hamda boshqa manfaatdor kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, «Parrandasanoat» uyushmasi raisi A.Isoboyev va boshqalar bugungi kunda parrandachilik mamlakatimiz agrosanoat kompleksining barqaror va jadal rivojlanayotgan tarmog‘i ekanini ta’kidladi. Sohada qisqa muddat ichida parranda mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholini sifatli parhez mahsulotlari bilan ta’minlashga erishildi. Zotdor parrandalar, ularni ko‘paytirish, parvarish qilish va oziqlantirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning amaliyotga joriy etilayotgani, veterinariya profilaktika tadbirlarining amalga oshirilayotgani parrandachilik korxonalarida yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash imkonini berayotir.

Forumda tarmoq oldida hali o‘z yechimini kutayotgan vazifalar turgani ta’kidlandi. Bu vazifalarni parrandachilik xo‘jaliklarida barqaror veterinariya xavfsizligini ta’minlash, yangi obyektlar bunyod etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, parranda naslchiligini rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot turi va veterinariya-sanitariya sifatini oshirish orqali hal etish mumkin. 

Shu munosabat bilan soha mutaxassislari forumda parrandachilikni rivojlantirishning innovatsion yondashuvlarini muhokama qilib, tarmoqni yanada yuksaltirish borasida tajriba almashmoqda, takliflar ishlab chiqmoqda. Parranda mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, katta va kichik parrandachilik, fermer va dehqon xo‘jaliklarida parranda sonini ko‘paytirish muhim masalalar sirasiga kiradi. 

Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizda iste’molchilarni ovqatlanishning tibbiy me’yorlariga javob beradigan sifatli va arzon parranda mahsulotlari bilan ta’minlash, aholi bandligini oshirish maqsadida parrandachilik korxonalari tomonidan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda xalqaro hamkorlik ham jadal rivojlantirilmoqda.

– O‘zbekiston parrandachilik korxonalari bilan ko‘pdan buyon hamkorlik qilib kelamiz va maxsus asbob-uskuna hamda preparatlar yetkazib bermoqdamiz, – deydi Germaniyaning «Big Datchmen International» kompaniyasi vakili V.Galle. – Shuni ta’kidlash kerakki, sohada keng ko‘lamli o‘zgarishlar bo‘layotgani samarasida O‘zbekiston parrandachilik korxonalari ishlab chiqarish hajmini sezilarli ravishda oshirmoqda. Tuxum va go‘sht yetishtirishda boy genetik salohiyatga ega bo‘lgan ushbu korxonalar tarmoqni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqmoqda. 

Ta’kidlash lozimki, soha korxonalari ishlab chiqarishning texnologik jarayonida parranda mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Zero, tovuqning ko‘p tuxum qo‘yishi va broylerning o‘rtacha kunlik rivojlanishini ta’minlashga yordam beradigan yangi texnologik tizimning qo‘llanilishi tufayli parrandalar organizmiga tushadigan og‘irlik ham ortib boradi. Oziqlantirish, suv berish va saqlash tartibidagi arzimas xatolik ham patologik jarayonni keltirib chiqarishi va parrandaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Tadbirda xo‘jaliklarning veterinariya-sanitariya holatini yaxshilashga ham alohida e’tibor qaratildi. Bu nafaqat mahsuldorlik va parrandani parvarish qilishning yuqori ko‘rsatkichlari, balki mahsulot sifati va xavfsizligini kafolatlash, ularning yuqori tibbiy-biologik ahamiyatini baholashga bog‘liqdir.

Forum doirasida parrandachilik korxonalaridagi veterinariya-sanitariya va ekologik holatni, barcha ishlab chiqarish bo‘linmalari, ayniqsa, veterinariya va zootexnika xizmatlarining o‘zaro tizimli asosda faoliyat ko‘rsatishi, sohada innovatsion dori vositalarini ishlab chiqish, broylerni yetishtirishning yangi texnologiyalari kabi masalalar ham muhokama qilinadi. 

Evroosiyo parrandachilar uyushmasi prezidenti S.Shabayevning fikricha, parrandani oziqlantirish, korxonalarni veterinariya, zootexnika va boshqa zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash masalasi muhokamasiga bag‘ishlangan ushbu xalqaro forum soha vakillariga o‘zaro yaqin hamkorlik munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, dolzarb masalalarni hal qilishda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish va yangi hamkorlar topish imkonini beradi.
Forum doirasida parrandachilik fabrikalari rahbarlari, zootexniklar, veterinarlar va boshqa mutaxassislarning o‘zaro fikr va tajriba almashishiga yo‘naltirilgan seminarlar, taqdimot va bahs-munozaralar o‘tkaziladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Parrandachilik imkoniyatlari kengaymoqda