Milliy matbuot markazida "O‘zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi.

Kompaniya tizimida 200 dan ortiq mahalliy va 20 qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Hududlarda meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash va eksport kilish bo‘yicha savdo-logistika markazlari barpo etilmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida savdo-logistika markazlari ishga tushirildi. Kelgusida Angor, To‘raqo‘rg‘on, Jizzax, Bulung‘ur, Bog‘ot tumanlarida logistika markazlari tashkil etish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan yili amalga oshirilgan 420 million dollarlik loyihalar evaziga qariyb 4,5 ming ish o‘rni yaratildi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida mamlakatimizdagi boshqa sanoat korxona va kompaniyalari qatorida “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tizimidagi 90 dan ziyod korxona ham faol qatnashdi. Ko‘rgazmada joriy yil uchun 300 million, 2018-yil uchun esa 100 million dollarlik shartnomalar imzolandi. Rossiya bilan esa 2017-2018-yillar uchun 600 million dollarlik mahsulot yetkazib berish borasida kelishib olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-yanvardagi "2017-2018-yillarda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, muzlatkichli saqlash hamda qadoqlash materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida"gi qarori tizimda yangi imkoniyatlarni yaratmoqda. Unga ko‘ra, umumiy qiymati 144,1 million dollarga teng bo‘lgan 254 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Xolding tarkibida ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga ixtisoslashtirilgan «O‘zagroeksport» ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, "O‘zagroeksport" 101,8 ming tonna meva-sabzavotni eksportga chiqardi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,7 ming tonna ko‘p demakdir.

Anjumanda raqobat tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitda sohaga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etishga ustuvor vazifa sifatida qaralayotgani qayd etilib, kompaniya tizimidagi korxonalarda eskirgan uskunalarni zamonaviylariga bosqichma-bosqich almashtirish ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar maqbulligi ta’minlanadi