2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish belgilangan.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini maqbullashtirish belgilangan. Unga ko‘ra, joriy yilda paxta maydonlarini 49 ming, g‘alla maydonlarini 10 ming gektarga qisqartirish mo‘ljallanmoqda. Bo‘shagan yerlarda kartoshka, sabzavot, ozuqa va moyli ekinlar yetishtiriladi.

Bu va boshqa qator yangiliklar haqida O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan brifingda ma’lumot berildi.

– 2017-2018-yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi dastur doirasida mamlakatimizda 740,1 million dollar qiymatga teng 434 loyiha amalga oshiriladi, – deydi Iqtisodiyot vazirligining qayta ishlash sanoati va oziq-ovqat bo‘limi boshlig‘i Shahobiddin Ortiqov. – Mazkur loyihalar doirasida sutni qayta ishlash, xususan, bolalar taomlari ishlab chiqarish borasida Rossiya bilan keng hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish, yangi yetishtirilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun yangi sovutish kameralari quriladi. G‘ijduvon, Amudaryo, Ellikqa’la tumanlarida qayta ishlash korxonalari barpo etiladi. Termizda esa yirik logistika markazi tashkil etiladi.

Dasturda meva-sabzavotni qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ichki iste’mol bozorini mahalliy mahsulotlar hisobiga to‘ldirish va yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, birlamchi qayta ishlash va eksporti bilan shug‘ullanuvchi o‘ndan ziyod savdo-logistika markazi tashkil etiladi.

Sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, logistika va eksport qilish infratuzilmasini yaratish doimiy e’tiborda. Shu maqsadda tijorat banklari orqali Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlarining yirik miqdordagi imtiyozli kreditlarini jalb etish mo‘ljallanmoqda.

Brifingda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oziq-ovqat sanoati uchun istiqbolli loyihalar