O‘zA O`zbek

25.09.2018 Chop etish versiyasi

ONLAYN: Oʻzbekistonda dollar bahosining oʻsish sababi maʼlum qilindi

ONLAYN: Oʻzbekistonda dollar bahosining oʻsish sababi maʼlum qilindi

Valyuta kursining “oʻynashi”ga qanday omillar sabab boʻlmoqda? Kursning pasayish yoki koʻtarilishi nimalarga bogʻliq?

Bu savollarga Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Markaziy banki hamda “Qishloqqurilishbank”ning qoʻshma anjumanida mutaxassislar javob berdi.

– Dollarning tushishi yoki koʻtarilishi boshqa valyutalarga qarab belgilanadi.Keyingi vaqtlarda tadbirkorlarimiz chetdan koʻp miqdorda mahsulot olib kelmoqda. Bu esa xorijiy valyutaga boʻlgan talabni oshirmoqda.

Agarda oʻylab koʻrilsa, har bir davlatning oʻz milliy valyutasi mavjud boʻlib, avvalgi davrlarda uning vazifasini (ekvivalentini) oltin bajargani hammaga ayon. Shu bois, bu haqda iqtisodchilar davlatning oltini qancha koʻp boʻlsa, u shunchalik badavlat degan fikrni ilgari surishadi.

Biroq, bugungi kunga kelib, oltinning oʻrnini Amerika dollari va yevro egallamoqda. Shuning uchun bugungi kunda dunyo aholisi barcha xalqaro iqtisodiy munosabatlarning etaloni sifati dollar yoki yevroni qabul qilmoqda. Demak, valyutalarning kursi ham uning “kayfiyatiga” qarab oʻzgarmoqda. Valyuta kursi koʻp hollarda oʻz milliy valyutasi bor davlatning siyosatiga va “jahon xoʻjaligi”dagi moliyaviy ahvolga bogʻlangan boʻladi.

Valyuta kursining “borib-kelishi”ni yaʼni pasayishi yoki koʻtarilishini bashorat qilish murakkab boʻlsada, bozor iqtisodiyoti tamoyillari nuqtai nazardan aytganda kursning oshishi tabiiy hol.

Misol uchun, mamlakatga valyutaning kelib tushishi shu yerdagi jahon bozoriga tovarlar chiqarayotgan va xizmatlar koʻrsatayotgan eksportyorlarning faoliyatiga bogʻliq. Ular ishlab chiqarish zarurati uchun shu davlat milliy valyutasini sotib olib, xorijiy valyutaga boʻlgan talabni shakllantiradi. Demakki, mamlakat eksport salohiyati qanchalik yuqori boʻlsa, tashqi savdo balansi qanchalik musbat boʻlsa, milliy valyuta kursi shunchalik baland boʻladi yoki buning aksi kuzatiladi.

Valyuta kursiga taʼsir koʻrsatuvchi omillardan yana biri bu importchi kompaniyalarning milliy valyutaga boʻlgan taklifidir. Import qanchalik koʻp boʻlsa, milliy valyuta boʻyicha taklif ham shunchalik oʻsadi.

4 183
Sayyora Shoyeva, OʻzA