O‘zA O`zbek

24.05.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning haftalik natijalari

Onlayn-auksionlarning haftalik natijalari


Joriy yilning 20 – 24-may kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 6 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 68 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 41 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 6 ta davlat mulki obyekti 1 mlrd 400 mln. soʻm investitsiya kiritish, 83 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 586 mln. soʻmga sotildi. Bundan tashqari 1 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

1.jpg

2.jpg

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 68 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq 23 mlrd. 965 mln. investitsiya kiritish va 290 ga yaqin yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd 194,20 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 67 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

3.jpg

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 41 ta obyekt 4 mlrd 667,6 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 88 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

4.jpg

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jismoniy va yuridik shaxslar ham mol-mulklari ham realizatsiya qilinadi. Xususan, ushbu haftada 5 ta yuridik tashkilotlarning jami 7 ta mol-mulklari (avtotransport) 
“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida sotilgan boʻlib, boshlangʻich bahosi 216 mln. soʻm boʻlgan ushbu avtotransport vositalari 254 mln. soʻmga sotildi.

Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalashga va oltin qazib olishga boʻlgan huquq realizatsiyasi boʻyicha ham yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan, daryo oʻzanlarini tozalash boʻyicha 10 ta boshlangʻich narxi 
3 mlrd. 104,4 mln. soʻmlik daryo oʻzanlari loyihalari auksion savdolariga chiqarilgan shundan 3 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 238.2 mln. soʻmlik daryo oʻzanlari loyihalari 3 mlrd. 391,6 mln. soʻmga sotildi.

Shuningdek, ushbu hafta davomida jami 11 ta boshlangʻich narxi 82,5 mln. soʻmlik oltin qazib olish boʻyicha 318,4 mln. soʻmga sotildi.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


1 767
OʻzA