O‘zA O`zbek

06.10.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari eʼlon qilindi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari eʼlon qilindi

Joriy yilning 30-sentyabr- 04-oktyabr kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 262 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 64 ta obyekt sotildi. Bu haqida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati maʼlum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 262 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 609 mln.soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 91 mlrd. 123,6mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 1 362 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 4 mlrd. 450,8 mln.soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 257 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 61,7 mln soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 4 045 ta boshlangʻich narxi 108 mlrd. 582 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, 1-oktyabrdan boshlab, elektron onlayn-auksionga chiqarilgan yer uchastkasi auksion boshlanishidan avvalgi 30 kun oʻrniga 15 kalendar kun oldin savdoga qoʻyiladi. Ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish muddati ham uzaytirilgan boʻlib, 2 kun oldin muddatda tugamaydi. Endilikda bu jarayon auksion kunidan oldingi kuni soat kechki 12-00 da (24:00 da) yakunlanadi.

841
O'zA