O‘zA O`zbek

30.08.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari

Joriy yilning 26 - 30-avgust kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 250 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 65 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 9 ta davlat mulki obyekti 5 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish, 151 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 277 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan ushbu haftada 97 ta obyekt savdoga chiqarildi va 55 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 250 ta boshlangʻich narxi774,7 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 61 mlrd. 939,8 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 987 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 259,7 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 295 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 280,8 mln soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 3101 ta boshlangʻich narxi 92 mlrd. 903,1 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 65 ta obyekt 10 mlrd. 726,1 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 84 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.


Daryo oʻzanlari tozalash huquqi

Ushbu xafta davomida onlayn-auksionlarda jami 1 ta daryo oʻzanlarini tozalash loyixasi 311,9 mln. soʻmga sotildi. Shu bilan birga, haftada jami 
3 ta boshlangʻich narxi 454,2 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyixalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda31 taboshlangʻich narxi 9 mlrd. 341,6 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyixalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Shu bilan birga, hafta davomida jami 20 taboshlangʻich narxi 150 mln. soʻmlik qimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi 157,5 mln. soʻmga sotildi.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 9 ta boshlangʻich narxi 67,5 mln. soʻmlik qimmatbaxo metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni
tashkil etish markazi” DUK PR xizmati

10 008
OʻzA