O‘zA O`zbek

28.09.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari


Joriy yilning 23 - 27-sentyabr kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 251 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 63 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 9 ta davlat mulki obyekti 2 mlrd. 400 mln. soʻm investitsiya kiritish, 55 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 150,0 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan ushbu haftada 87 ta obyekt savdoga chiqarildi va 68 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 251 ta boshlangʻich narxi 882,7 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 72 mlrd. 410,4 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 1 083 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 995 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 566 ta boshlangʻich narxi 11 mlrd. 684,2 mln soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida xozirgi kunda 3 666 ta boshlangʻich narxi 98 mlrd. 483,6 mln.soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 63 ta obyekt 6 mlrd. 815,1 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 114 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.


1 029
O'zA