O‘zA O`zbek

24.08.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari

Onlayn-auksionlarning hafta natijalari


Joriy yilning 19-23-avgust kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 23 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 93 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 40 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 23 ta davlat mulki obyekti 9 mlrd. 430 mln. soʻm investitsiya kiritish, 160 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 793 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan ushbu haftada 54 ta obyekt savdoga chiqarildi 31 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 93 ta boshlangʻich narxi 356,4 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 33 mlrd. 554,3 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 409 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 848,6 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 299 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 100,6 mln. soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 2986 ta boshlangʻich narxi 92 mlrd. 403,7 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 40 ta obyekt 5 mlrd. 779,8 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 73 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash huquqi

Ushbu hafta davomida onlayn-auksionlarda jami 3 ta daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari 886,7 mln. soʻmga sotildi. Shu bilan birga, haftada jami 
3 ta boshlangʻich narxi 1 mlrd. 95 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 ta boshlangʻich narxi 9 mlrd. 848,4 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish huquqi

Shu bilan birga, hafta davomida jami 57 ta boshlangʻich narxi 427,5 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 456,4 mln. soʻmga sotildi.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 20 ta boshlangʻich narxi 150 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


7 507
OʻzA