Onlayn-auksionlarida 19 milliard 84 million 400 ming soʻmlik boʻsh yer uchastkalari sotildi
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2843 ta boʻsh yer uchastkalari sotildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2843 ta boʻsh yer uchastkalari sotildi.
Xabaringiz bor, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilmoqda.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5298 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl.784 mlrd. 618 mln. soʻm investitsiya kiritish, 27824 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 95 mlrd 713 mln. 500 ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2843ta boʻsh yer uchastkalari 796 mlrd. 31 mln. soʻm investitsiya kiritish, 11032 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 19 mlrd. 84 mln. 400 ming soʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2455 ta boʻsh yer uchastkalari 89 mlrd. 169 mln. 400 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 207 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 9 mlrd. 383 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 179 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 83 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 889 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 36 mlrd. 425 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 118 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 14mlrd. 535 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 256 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 70 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 141 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 750 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 377 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 12 mlrd.290 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 396 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 591 mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 342 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 925 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 166 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 201 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 140 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 94 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 750mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 34 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 722 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 49 mlrd. 635 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 307 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 3497 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 170 mlrd. 575 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 10 mlrd. 728 mln. 307 soʻm miqdorga sotildi.
Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 45 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 591 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 24 mlrd. 670 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.
Jumladan:
- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 213 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 3 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 120 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 29 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 300 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 200 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 800 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 26 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 109 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 270 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 5 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 250 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI
“E-IJRO AUKSION”YAESMgasavdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI