O‘zA O`zbek

14.09.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksionlarda hafta davomida sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 55 ta obyekt sotildi

Onlayn-auksionlarda hafta davomida sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 55 ta obyekt sotildi

Joriy yilning 9- 13-sentyabr kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 126 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 55 ta obyekt sotildi. Bu haqida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK PR xizmati xabar berdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 4 ta davlat mulki obyekti 3 mlrd. soʻm investitsiya kiritish, 48 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 767 mln. soʻmga sotildi.

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 126 ta boshlangʻich narxi 362,6 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 41 mlrd. 141,1 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 624 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd. 851,3 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 380 ta boshlangʻich narxi 2 mlrd. 262,9 mln. soʻmlik yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 3350 ta boshlangʻich narxi 94 mlrd. 369,8 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda esa ushbu hafta jami 55 ta obyekt 10 mlrd. 508,4 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 119 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shu hafta davomida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida 4 ta daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari 1 mlrd. 325,2 mln. soʻmga sotildi. Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 31 ta boshlangʻich narxi 9 mlrd. 339,7 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

“E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 6 ta boshlangʻich narxi 45 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

6 549
O'zA