O‘zA O`zbek

20.07.2019 Chop etish versiyasi

Onlayn-auksion: hafta natijalari

Onlayn-auksion: hafta natijalari


Joriy yilning 15-19-iyul kunlari “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻmga teng qiymatdagi 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, 86 ta yer uchastkasiga boʻlgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha 71 ta obyekt sotildi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu haftada “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlangʻich narxi 1 soʻm qilib belgilangan boʻsh turgan 9 ta davlat mulki obyekti 1 mlrd 989 mln. soʻm investitsiya kiritish, 101 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 267 mln. soʻmga sotildi.

2019-yil 1-iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha savdolar “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. Jumladan ushbu haftada 45 ta obyekt savdoga chiqarildi 16 ta obyekt realizatsiya qilindi.

Yer uchastkalariga boʻlgan huquq

Yer resurslari boʻyicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 86 ta boshlangʻich narxi 347,9 mln. soʻmlik yer uchastkalariga boʻlgan huquq 43 mlrd. 565 mln. soʻmlik investitsiya kiritish va 452 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 2 mlrd. 367,4 mln.soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 46 ta boshlangʻich narxi
336,8 mln soʻmlik, yer uchastkasiga boʻlgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 2345 ta boshlangʻich narxi 87 mrld. 950 mln. soʻmlik boʻsh yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Sud hujjatlarini ijro etish boʻyicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish boʻyicha boʻlib oʻtgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 71 ta obyekt 41 327,5 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida 153 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Daryo oʻzanlari tozalash xuquqi

Ushbu haftada yagona elektron savdo maydonchasida daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari boʻyicha ham yuqori koʻrsatkichlar qayd etildi. Jumladan hafta davomida jami 2 ta boshlangʻich narxi 582,9 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari 594,6 mln.soʻmga sotildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda30 taboshlangʻich narxi 12 mlrd. 261,5 mln. soʻmlik daryo oʻzanlarini tozalash loyihalari elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Metall qazib olish xuquqi

Shu bilan birga, hafta davomida jami 11 taboshlangʻich narxi 82,5 mln soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi 86,6 mln. soʻmga sotildi. Hafta davomida jami 9 ta boshlangʻich narxi 67,5 mln. soʻmlik, qimmatbaho metallarni qazib olish xuquqi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Shuningdek, “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida hozirgi kunda 36 ta boshlangʻich narxi 270 mln. soʻmlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.

Yagona elektron savdo maydonchasida savdoga qoʻyilgan obyektlar xususidagi yangiliklarni www.e-auksion.uz va www.uza.uz saytlari orqali kuzatib boring!

“Elektron onlayn-auksionlarni

tashkil etish markazi” DUK PR xizmati


3 279
OʻzA