O‘zA O`zbek

04.09.2019 Chop etish versiyasi

Omonatlar endi yanada ko‘proq daromad keltiradi

Omonatlar endi yanada ko‘proq daromad keltiradi


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” xizmatlar ommabopligini yanada oshirish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi muddatli va jamg‘armali omonatlarga jalb qilishni rag‘batlantirish, aholiga yanada qulayliklar yaratish maqsadida jozibador omonat turlarini taklif etmoqda. 2019 yil 1 sentabr holatiga bank tizimida milliy va xorijiy valyutada jami 19 turdagi omonatlarga mablag‘lar jalb qilinmoqda.

Bank fuqarolarning omonatlardan yanada ko‘proq daromad olishini ta’minlash maqsadida qator omonat turlari bo‘yicha o‘zgartirishlarni amalga oshirdi.

Milliy valyutada jamg‘arilib boriluvchi “Mustaqillik” omonatiga endilikda yillik 21 foiz miqdorida to‘lov amalga oshiriladi. Mazkur omonat muddati 13-25 oygacha bo‘lib, dastlabki kiritilgan mablag‘ ustiga qo‘shimcha mablag‘ kiritib borish imkoniyati mavjud.

Milliy valyutadagi muddatli “Baraka” omonatiga qo‘yilgan mablag‘ uchun 10-12 oy muddatga - yillik 19 foiz, 13-18 oy muddatga - yillik 22 foiz, 19-25 oy muddatga - yillik 23 foiz to‘lov amalga oshirilishi belgilandi.

Milliy valyutadagi jamg‘armali “Farovon” omonatiga to‘lanadigan yillik foiz miqdori ham oshirildi. Mazkur omonatga mablag‘ qo‘ysangiz, 10-12 oylik muddatga - yillik 19 foiz, 13-25 oylik muddatga - yillik 21 foiz to‘lov qilinadi.

Jamg‘armali “Kafolat” omonati uchun endilikda yillik 17 foiz miqdorida mablag‘ to‘lab beriladigan bo‘ldi.

Yangilikdan yana biri - jamg‘armali “Qurilishga boshlang‘ich badal” omonati muddatiga ham o‘zgartirish kiritildi va 12 oy qilib belgilandi.

Omonatga mablag‘lar naqd pulda yoki naqd pulsiz shaklda jismoniy shaxslarning ish haqi va unga tenglashtirilgan pul mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Hisoblangan foiz to‘lovlar har oyda amalga oshiriladi. Omonatga hisoblangan foiz to‘lovlar uning manbasidan qatiy nazar omonatchi talabiga ko‘ra naqd pulda berilishi mumkin.

Bank mijozlarning omonat mablag‘larini qonun talablariga muvofiq sir saqlanishini va omonatchining birinchi talabiga asosan qaytarilishini kafolatlaydi.

“Qishloq qurilish bank” - farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun:

Telefonlar: (+99878) 150-72-58, 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: https://t.me/QQBANK

Facebook: FB.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan


6 800
O'zA