Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 2-Charx Kamolon mahallasi fayzli maskanlardan. Erta tongdan mahallaning boshidagi xonadondan taralayotgan nonning xushbo‘y hidi dimog‘ingizga uriladi.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 2-Charx Kamolon mahallasi fayzli maskanlardan. Erta tongdan mahallaning boshidagi xonadondan taralayotgan nonning xushbo‘y hidi dimog‘ingizga uriladi. Shinam, obod xonadonga kirib borishingiz bilan bu yerdagi saranjom-sarishtalikni, oila a’zolarining o‘zaro hurmat-ehtirom bilan bir-biriga muomala qilishini ko‘rib dilingiz yayraydi.

Bundan o‘n yetti yil muqaddam ushbu xonadon boshiga og‘ir musibat tushdi. Kuzning so‘nggi oylarida Umida Odilovaning turmush o‘rtog‘i Rixsiboy Odilov baxtsiz tasodif tufayli olamdan o‘tdi. Oiladagi to‘rt farzandning to‘ng‘ichi hali sakkizinchi sinfni ham tamomlamagan o‘sha vaqtlarda farzandlarini kamolga yetkazish, ularni katta qilish, kelajakda kasbli inson qilib voyaga yetkazish uy bekasi Umida opaning zimmasida qoldi.

Ana shunday musibatli kunlarda qarindosh-urug‘, ayniqsa, mahalladoshlar Umida opani yolg‘izlatib qo‘ymadi. Mehr-oqibatli, saxovatli insonlar unga suyanch bo‘ldi, har tomonlama ko‘maklashib, qo‘llab-quvvatladi.

Umida Odilova farzandlarini kamolga yetkazish, oilani moddiy jihatdan ta’minlash maqsadida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qildi. Avvaliga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida bankdan imtiyozli kredit olib, kichik bir savdo do‘koni ochdi. Undan so‘ng shirinliklar ishlab chiqarishni, keyinchalik oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, novvoyxonani ishga tushirdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish, qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan oilalar huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘lmoqda.

– Farzandlarimga bosh bo‘lib, ota-bobolarimdan meros novvoylik kasbini davom ettirib kam bo‘lmadik, – deydi U.Odilova. – To‘rt o‘g‘lim va uch kelinim bilan hamjihatlikda ishlayapmiz. O‘g‘illarim erta tongdan turib xamir qoradi, kelinlarim ularga ko‘maklashadi. Non tayyorlash va el dasturxoniga tortiq qilishning gashti o‘zgacha. Shu kasbning orqasidan ro‘zg‘orimiz obod bo‘ldi. Farzandlarimni voyaga yetkazdim. Ularni o‘qitib, uyli-joyli qildim. Shukrki, ularning kamolini ko‘ryapman, orzu-havaslarimiz ro‘yobga chiqmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida xususiy va oilaviy tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgani bizni yanada ruhlantirdi.

– Mahallamizda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan o‘ndan ziyod xonadon bor, – deydi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Bahodir G‘iyosov. – Mahallamiz hududi keyingi yillarda yanada chiroy ochib, tobora zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyektlarining ham munosib hissasi bor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shu kasbning ortidan ro‘zg‘orimiz obod bo‘ldi, farzandlarimning kamolini ko‘ryapman