Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash asosida aholi farovonligini yanada yuksaltirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishidir.

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida bu borada aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Farg‘ona viloyatida o‘tgan yili 2 ming 549 kichik biznes subyekti tashkil etildi. Tijorat banklari tomonidan 1 trillion 68 million so‘m miqdorida kredit ajratildi. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 63,4, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 48, aholi bandligida 80 foizga yetdi.

Oila daromadi va farovonligida ishbilarmonlikning ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonuni bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Viloyat tuman va shaharlarida oilaviy korxonalar tashkil etish, mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Fuqarolar yig‘inlari qoshida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi maslahat markazlari tashkil etilgan. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatilayotir.

Rishton tumanida 50 dan ziyod oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Novvoylik, sartaroshlik, duradgorlik, kulolchilik, kosiblik, yog‘och o‘ymakorligi, tikuvchilik, zardo‘zlik yo‘nalishlaridagi oilaviy tadbirkorlik subyektlari safi yildan-yilga kengaymoqda.

“Zangori vodiy” oilaviy korxonasida tayyorlanayotgan stol-stul, yumshoq va qattiq mebellar to‘plami yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda. Korxonada 20 nafar yosh mutaxassis mehnat qilayotir.

– Mahsulotlarimizga talab kundan-kun ortmoqda, – deydi korxona rahbari Maqsudaxon Tojaliyeva. – Shu bois ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun barcha imkoniyat mavjud. Xususan, banklar tomonidan uzoq muddatga berilayotgan imtiyozli kredit hamda soliqlar qisqargani biz, tadbirkorlarning faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Undan to‘g‘ri va unumli foydalana olgan oilaning ro‘zg‘ori but, dasturxoni to‘kin.

Maqsuda opa turmush o‘rtog‘i Rahmon aka bilan mahsulot sifatiga alohida e’tibor qaratadi. Chunki xaridor topish oson emas. “Nosgar” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan mazkur oilaviy korxonada mehnat qilayotgan yoshlarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan. O‘tgan yili bu yerda 550 million so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Tuman markazida korxonaning o‘z savdo do‘koni ochildi.

Mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalanayotgan tadbirkor oilaviy biznes hisobidan yashash sharoitini yanada yaxshilamoqda, farovonligini yuksaltirmoqda. Ayni paytda hududga sanoatni olib kirish asnosida vaqtincha ishsiz fuqarolar, ayniqsa, yoshlar bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oilaviy korxonaning sifatli mahsulotlari