Prezidentimizning 2016-yilning 21-dekabrdagi "2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra mamlakatimizda "O‘zto‘qimachilikeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkiloti tashkil etiladi.

– Mazkur savdo tashkilotining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi, – deydi “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyatining to‘qimachilik  mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi direktori Davron Akbarov. – Bunda, eng avvalo, tizimdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga marketing, axborot va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, ko‘rgazmalarda va matbuot nashrlarida reklama tadbirlarini amalga oshirish, eksport salohiyatini keng yoritish hisobiga yengil sanoat mahsulotlari eksportini oshirishga ko‘mak berish rejalashtirilmoqda.

Qaysi soha bo‘lmasin, hech shubhasiz, uning istiqbolini zamonaviy texnologiyalar, yuqori unumli uskunalarsiz tasavvur etish mushkul. "O‘zto‘qimachilikeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkiloti to‘qimachilik sanoatida korxonalarni muntazam ravishda texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilishda ham faol ishtirok etishi mo‘ljallanmoqda.

Mamlakatimizda paxta, aralash va ipak gazlamalar, tikuvchilik, trikotaj, bosh kiyimlar, paypoqlar, to‘qimachilik galantereyasi va furniturasi ishlab chiqarayotgan korxonalar 2020-yilning 1-yanvariga qadar daromad solig‘i, mol-mulq solig‘i, kichik korxonalar va mikrofirmalar yagona soliq to‘lovi, Respublika yo‘l fondi to‘lovlaridan ozod qilingan. Yengil sanoat korxonalarining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim omillardan yana biri 2017-yilning 1-yanvaridan eksport faoliyatidan olingan valyuta daromadini davlatga sotish majburiyatining bekor qilinishidir.

Bugungi kunda yurtimizda tayyorlanayotgan olachipor, zich tayyorlangan va bambukli ip, tayyor to‘quv-trikotaj buyumlarining yangi modellari, yotoqxona, oshxona choyshablari, poplin, satin va paxmoq gazlamalar, bolalar ko‘ylagi kabi yengil sanoat mahsulotlarining eksporti oshmoqda. Shu bois xorijda ishga tushayotgan savdo uylari soni ortmoqda. Xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarda qirqdan ziyod savdo uyi ishlab turibdi. Istiqbolda "O‘zto‘qimachilikeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkiloti ko‘magida qo‘shimcha ravishda Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Belarus va Yevropa davlatlarida yana o‘ndan ziyod savdo uylari faoliyatini yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda.

– Yangi tuzilmaning maqsadi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha, shuningdek, xorijda tashkil etilayotgan savdo uylari orqali mahsulotlarni eksportga sotishda yengil sanoat korxonalariga tizimli asosda ko‘maklashish, – deydi D.Akbarov. – Kelgusida chet eldan yangi xaridorlar topib, horijiy bozorlarni o‘zlashtirish natijasida tayyor mahsulotni 2-3 barobar ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Kelgusida yirik korxonalar sonini ko‘paytirish va ularning eksport hajmini yanada oshirishda "O‘zto‘qimachilikeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo tashkilotining munosib o‘rni bo‘lishi shubhasiz. Mamlakatimizda ishlab chiqarilmayotgan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarni yetkazib berish, shuningdek, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport qilish uchun zarur bo‘lgan to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlari bilan ta’minlash hisobiga tarmoq ichidagi kooperatsiyani rivojlantirishga ko‘maklashish ham mazkur tashkilotning zimmasiga yuklangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zto‘qimachilikeksport: yangi imkoniyat va qulaylik