O‘zA O`zbek

19.03.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzsanoatqurilishbank xizmatlaridan uydan turib foydalanish mumkin

Oʻzsanoatqurilishbank xizmatlaridan uydan turib foydalanish mumkin
Bugungi yangi bozorlarni egallash va har bir mijoz uchun raqobatlashilayotgan davrda banklar oʻz mijozlariga mahsulot va xizmatlarini masofadan sotish imkonini beruvchi kanallarni faol rivojlantirmoqda. Bular — mobil ilovalar, saytlar, “Call-markaz” va botlardir.

Oʻzsanoatqurilishbank ham oʻzining UzPSB Mobile mobil ilovasi orqali mijozlariga valyuta oldi-sotdisi, omonatlarni ochish, plastik kartalararo va turli xizmatlarni yetkazib beruvchilar oʻrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi xizmatlarni taklif etmoqda.

Taʼkidlash joizki, onlayn omonatlarning yillik ustamasi 23 foizgacha boʻlib, u bankka kelib ochiladigan omonatlarga nisbatan foiz stavkasi yuqori, onlayn almashuv kursi esa valyuta ayirboshlash shoxobchalaridan koʻra jozibaliroqdir.

Bankning “ish haqi” loyihasi asosidagi bank plastik kartochkasiga ega mijozlar, shuningdek, onlayn mikroqarz xizmatidan ham foydalanishi mumkin. Bankka kelmasdan taqdim etiladigan mazkur kredit turi yillik 31,9 foiz sharti bilan 12 oy muddatga taqdim etiladi va undan istalgan maqsad uchun sarflash imkonini beradi.

Bundan tashqari, Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan elektron savdo maydonchasi ham ishlab chiqilmoqda. Ushbu platforma yaqin kelajakda aholiga turar-joy, avtomashina, maishiy texnika va boshqa aholi ehtiyoji yuqori boʻlgan mahsulotlarni bir vaqtning oʻzida kredit va sugʻurtani rasmiylashtirgan holda xarid qilishga sharoit yaratadi.

Bank Axborot xizmati

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

0 (800) 120-77-77 Oʻzbekiston boʻylab qoʻngʻiroq bepul

+998 71 200-43-43 Dunyoning istalgan joyidan qoʻngʻiroq uchun

+998 94 210-43-43 Telegram, WhatsApp, Viber, Imo, Skype, WeChat orqali xabarlar uchun

Google PlayApp Store

Reklama huquqi asosida

4 558