O‘zA O`zbek

03.08.2020 Chop etish versiyasi

“Oʻzbekneftgaz”: Propan-butan ajratib olish boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari oʻrganildi

“Oʻzbekneftgaz”: Propan-butan ajratib olish boʻyicha amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari oʻrganildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasida boʻlib, pandemiya davrida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi, deb maʼlum qildi ushbu AJ matbuot xizmati.

Oʻrganish jarayonida qoʻshimcha 61 ming tonnagacha suyultirilgan gaz ishlab chiqarish koʻzda tutilgan “Propan-butan ajratib olish 1-, 2- va 5-qurilmalarini modernizatsiya qilish” investitsiya loyihasi boʻyicha olib borilayotgan qurilish-montaj ishlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Loyiha doirasida propan-butan aralashmasi ajratib olish qurilmalariga uzatiladigan xomashyo gazi bosimini oshirishga qaratilgan bitta yangi gaz haydash agregati, gaz haydash agregatiga kirish gazini mexanik aralashmalardan tozalash uchun 3 ta filtr-separatorning ishlash holati ham oʻrganildi. Unda gaz haydash agregatlaridan chiqish gazini sovitishga moʻljallangan 27 ta havo yordamida sovitish uskunalari, xomashyo gazi tarkibidan suyuq uglevodorodlar ajratib olish sifatini yaxshilashda mavjud separatorlar oʻrniga oʻrnatilishi kerakligi taʼkidlandi.

Ayni chogʻda separatorlar va texnologik tarmoqlarning qurilish-montaj ishlari tugatilgan. Bu yerda amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganishda Ø1020 millimetrli 703 metr gaz haydash agregatlariga uzatish quvuri, 900 metr esa qaytish quvuri va 300 metr uzunlikda mashʼala quvurlaridagi holat ham tahlil etildi.

Tanishuv yakunida “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi tomonidan “Shoʻrtan” konidagi “Shoʻrtan koni gazini tayyorlash va transportirovka qilish uchun yigʻish tizimi” ishchi loyihasiga asosan bajarilayotgan ishlar yuzasidan vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.

12 611
OʻzA