O‘zA O`zbek

20.03.2020 Chop etish versiyasi

“Oʻzbekneftgaz” AJ yana beshta yangi quduq ishga tushirilganini maʼlum qildi

“Oʻzbekneftgaz” AJ yana beshta yangi quduq ishga tushirilganini maʼlum qildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “ERIELL Group” kompaniyasi hamkorlikda yangi obyektlarni foydalanishga topshirdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “Shimoliy Berdaq” konida 77-sonli quduq, Ustyurtda “Arslon” konining 18-sonli quduq va Qashqadaryo viloyatida “Somontepa” konidagi 127-sonli quduqlar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, “Shoʻrtan” konida 327-sonli quduq va Buxoro viloyatida “Toʻmaris” konining 12-sonli qudugʻi ham foydalanishga topshirildi.

Mazkur quduqlarning ishga tushirilishi Oʻzbekiston Respublikasining gaz-transport tizimiga tabiiy gaz uzatilishini koʻpaytirish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, mazkur ishlar uglevodorod xom ashyosini qazib olishni koʻpaytirish boʻyicha ishlar “2017-2021-yillarda uglevodorod xom ashyosini qazib olishni koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

5 350
OʻzA