O‘zA O`zbek

24.09.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar – avgust oraligʻida 5 foizga qisqarib, 26,8 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlum qildi.

Oʻzbekiston oltin zaxirasining umumiy hajmi avgust oyida 151 million AQSH dollarga oshib, 13,9 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Avgust oyida oltin zaxirasi 6,83 tonnaga koʻpaydi va 1 sentyabr sanasiga 327,54 tonnani tashkil etmoqda.

Yanvar – avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. 

Xorijiy valyutadagi aktivlar esa avgust oyining oxiriga kelib 12,9 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Oldingi oyga nisbatan xorijiy valyuta zaxiralari 670 million AQSH dollariga kamaygan.

3 592
OʻzA