Syurix shahrida O‘zbekiston va Shveytsariya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “O‘zfarmsanoat” aksiyadorlik konserni, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, shuningdek, mamlakatimiz to‘qimachilik va farmatsevtika sohasida faoliyat yuritayotgan o‘nga yaqin kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Forumda shveytsariyalik biznesmenlarga O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘rsatayotgan xizmatlar, ikki tomonlama hamkorlik yo‘lida erishilgan natijalar va ustuvor yo‘nalishlar, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning xorijiy xaridorlar uchun tijorat takliflari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

Biznes-forum doirasida erishilgan kelishuvga muvofiq, Shveytsariya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi import qiluvchi korxonalar, yirik savdo tarmoqlari va riteyl-kompaniyalar, tadbirkorlar uyushmalari, birlashmalari va boshqa hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish, uni yanada faollashtirish, xususan, ushbu mamlakatlar bozorida O‘zbekiston kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksportga yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish, yurtimiz tadbirkorlarining yirik ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etishi, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, zarur litsenziya va sertifikatlar olish ishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Jamg‘armaning Shveytsariya va Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi vakolatxonalari tizimli asosda bozor kon’yunkturasini o‘rganadi, marketing tadqiqotlar o‘tkazib, mazkur davlatlarga O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qonunchilik sohasiga oid axborot bilan almashadi.

Ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida tomonlar tegishli sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi. Shveytsariya kompaniyalari vakillari O‘zbekiston kompaniyalarining tijorat takliflari, hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli loyihalar bilan tanishdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Shveytsariyaning alohida saqlashni talab etadigan farmatsevtika preparatlari va substansiyalarini tashishda qo‘llaniladigan maxsus farmatsevtika konteynerlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “SkyCell AG” kompaniyasida bo‘ldi. “Uzgermed Pharm” qo‘shma korxonasi va “SkyCell AG” kompaniyasi o‘rtasida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini xorij bozoriga yetkazib berish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Ayni paytda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mamlakatimizning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda konservalangan palovni Germaniya va Shveytsariya bozorlariga eksport qilishni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan ushbu mahsulot turini import qilish uchun Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan sertifikatni olish borasida muzokaralar olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonlik ishbilarmonlar Shveytsariyada