O‘zA O`zbek

18.07.2019 19:05 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonga kelgan sayyohlarning qanchasi elektron vizadan foydalandi?

Oʻzbekistonga kelgan sayyohlarning qanchasi elektron vizadan foydalandi?

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasidan maʼlum qilishlaricha, 2018-yilning 15-iyuldan boshlab 96 mamlakat fuqarosiga elektron viza berish tizimi joriy etildi. 

Shu kunga qadar Oʻzbekistonga kirish uchun xorijiy fuqarolardan tushgan arizalar soni 60 mingga yaqinlashdi.
Ularning deyarli barchasi ijobiy hal etilib, qariyb 59 ming kishiga elektron viza berilgan. 

E-vizani rasmiylashtirish boʻyicha murojaatlarning aksariyati Xitoy (22 785), Hindiston (12 372) va AQSH (8 682) fuqarolaridan kelib tushgan. 

2018-yil 15-iyuldan 2019-yil 15-iyulgacha Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining sall-markaziga elektron viza boʻyicha qabul qilingan murojaatlarning soni 6 806 tani tashkil qildi hamda ularga tezkor yordam koʻrsatildi. 

Bunda esa joriy yilning 28-mayidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish muddati elektron vizalar uchun berilgan sanadan eʼtiboran 90 kun ichida va kirish kunidan boshlab 30 kunga berilishi va amal qilishi sayyohlarni yurtimizga qiziqishini oshirmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari xodimlari mustaqil ravishda chet el fuqarosining elektron vizasi borligini, uning qogʻozda chop etilgan shaklini soʻramasdan tekshirishlari mumkin. Hozirgi kunda chet el fuqarolarining yurtimizga kirish tartibini yanada takomillashtirilishi uchun roʻyxatga olish jarayonida yuzaga keladigan har bir masalani koʻrib chiqish yoʻli bilan elektron arizalarni qabul qilish tartibini optimallashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

OʻzA
3 154