Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va uning tizimidagi tashkilotlar hamkorligida «O‘zbekiston Respublikasi mineral o‘g‘itlarining investitsiya imkoniyatlari» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ko‘plab foydali qazilmalar mavjud. Mustaqillik yillarida 4 yangi mineral o‘g‘it koni ochilgan. Ulardan uchtasi fosforit, bittasi kaliy tuzi koni bo‘lib, bu konlarni o‘zlashtirish evaziga qishloq xo‘jaligining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish va eksport qilish imkoniyati kengaygani alohida ta’kidlandi.

– Mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit sohaga investorlar qiziqishining ortishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Qodirjon Mingboyev. – O‘tgan yili xorijiy investorlarga qattiq foydali qazilma konlari qatorida o‘zlashtirishga tayyor bo‘lgan 3 mineral o‘g‘it koni taklif etildi. Yer qa’rini kompleks tarzda geologik o‘rganishning yangi usullarini qo‘llash, yirik investorlarni jalb qilish tabiiy boyliklarimizning sanoat miqyosida o‘zlashtirilishiga xizmat qiladi.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, foydali qazilmalarni izlash, qidirish va chamalash ishlarini olib borishda yangi texnologiyalar yordamida geologiya-qidiruv ishlari olib borilayotgani qayd etildi.

Anjumanda jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokida uchta mineral o‘g‘it koni o‘zlashtiriladi