O‘zA O`zbek

28.12.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda toʻqimachilik uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladi

Oʻzbekistonda toʻqimachilik uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida Hindistonning “Rimtex Industries” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizda toʻqimachilik uskunalari uchun import oʻrnini bosuvchi butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yangi korxona tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishildi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasidan maʼlum qilishlaricha, uchrashuvda loyihani amalga oshirish muddatlari, yangi mahsulotning MDH mamlakatlariga eksportini kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Yangi korxona 2019 yilning ikkinchi choragida “Angren” EIZ hududida faoliyat boshlashi kutilmoqda.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda bunday ishlab chiqarish korxonalari mavjud emas. Toʻqimachilik uskunalarini import qilish hajmi esa 3 million dollarni tashkil etmoqda.

“Rimtex Industries” kompaniyasi 1991 yilda tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda Hindistonda toʻqimachilik uskunalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan sanaladi. Kompaniya dunyoning 55 mamlakatida oʻz vakolatxonalariga ega.



4 384
Roman Bondarchuk, OʻzA