O‘zbekistonda paxta ko‘sagini teradigan mashina ishlab chiqariladi
Ushbu mashina bilan qiziquvchilar Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ko‘rgazma zaliga borib, uni tomosha qilishi va ishlash funksiyalari bilan tanishishi mumkin.
Ushbu mashina bilan qiziquvchilar Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ko‘rgazma zaliga borib, uni tomosha qilishi va ishlash funksiyalari bilan tanishishi mumkin.
Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazi binosida ''O‘zagrotexsanoatxolding'' aksiyadorlik jamiyati hamkorligida 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda ''O‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda jamiyatning ishtiroki sifatidagi tajribalari, erishilgan natija va belgilangan ustuvor vazifalar'' mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda soha xodimlari, mutaxassislar, talaba-yoshlar va jurnalistlar qatnashdi.
Tadbirda mutaxassislar tomonidan mamlakatimiz vakillarining Turkiyaning Konya, Rossiyaning Moskva, Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan va Belarusning Minsk shaharlarlarida bo‘ladigan xalqaro ko‘rgazmalarga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
2018 yil mobaynida ''O‘zagrotexsanoatxolding'' AJ tomonidan 11 ming 570 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berildi.
– 2018 yil Sirdaryo viloyatida paxta terish mashinalarimiz hosilni yig‘ib olgan, – deydi ''O‘zagrotexsanoatxolding'' AJ boshqarma boshlig‘i Hasan Nasibov. – Ushbu mashinalarni 2019-2021 yilgi hosil yeg‘im-terim ishlarida Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlariga ham jalb qilishni rejalashtirganmiz.
Qayd qilinganidek, shu vaqtga qadar AQSh va mamlakatimizdagina paxta terish mashinalari ishlab chiqarilsa, 2018 yildan faqat O‘zbekistondagina paxta ko‘sagini terish mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2020 yildan qo‘shni mamlakatlarga, 2021-2023 yillardan uni yanada takomillashtirib Yevropa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.
Ushbu mashina bilan qiziquvchilar Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ko‘rgazma zaliga borib, uni tomosha qilishi va ishlash funksiyalari bilan tanishishi mumkin.