Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 19:59 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bilan Koreya Respublikasining zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish doirasida mamlakatimizda zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirish va bozor talablarini o‘rganish asosida eksport qilish imkoniyatlarini oshirish masalalari muhokama qilindi.

– O‘zbekistonga tashrifimizdan asosiy maqsad Toshkentda zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini o‘rganishdir, – deydi assotsiatsiya raisi Bong Cing Li. – Mahsulotlarni Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirmoqdamiz. Hamkorlik doirasida bu yerda maxsus o‘quv fakultetini tashkil etishni ham mo‘ljallamoqdamiz.

Uchrashuvda delegatsiya vakillariga Toshkent shahrida joylashgan 8 kichik sanoat zonasi, "Angren" va "Jizzax" erkin iqtisodiy zonalari, ularda yaratilgan qulaylik va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mehmonlar Chilonzor tumanidagi kichik sanoat zonasida bo‘lib, mavjud inshootlar va shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Davron Sunnatov, O‘zA
2 035






Все о погоде - Pogoda.uz