Mamlakatimizda yaratilgan qulay biznes muhiti samarasida turli sohalarda, jumladan, teri xomashyosini tayyorlash va uni qayta ishlash, raqobatdosh poyabzal hamda charm-attorlik mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan ko‘plab tadbirkorlik subyektlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 15-sentabrdagi “2016-2020-yillar davrida charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida “Excel” savdo belgisi ostida tayyorlanayotgan poyabzallar sifati va bejirimligi bilan xaridorlar e’tiboriga tushayotgani bunga misol bo‘ladi.

Xaridor poyabzal sotib olar ekan, avvalo, u qanday xomashyodan tayyorlangani, sifati bilan qiziqadi. Agar u asl charmdan tikilgan bo‘lsa, ikkilanmay xarid qiladi. Chunki yaxshi ko‘ndan tayyorlangan oyoq kiyimi bejirim, chidamli bo‘ladi.

«Excellent Yeast» mas’uliyati cheklangan jamiyati ana shunday sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan korxonalardan biri.

– Erkaklar uchun to‘rt mavsumga mo‘ljallangan poyabzal ishlab chiqarmoqdamiz, – deydi korxona direktori Fazliddin Muxtorxo‘jayev. – Mahsulotlarimizning bichimi, dizayni zamon talablariga to‘liq javob beradi. Zarur xomashyoni mahalliy ishbilarmonlardan olmoqdamiz. O‘tgan yili 3 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqardik. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda besh milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarish kutilmoqda. Ularning yarmidan ko‘pini eksport qilamiz.

Korxona bir yilda 200 ming juft poyabzal ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi o‘nga yaqin davlatga eksport qilinmoqda.

«Excellent Yeast» mas’uliyati cheklangan jamiyatida oltmishdan ortiq mutaxassis mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati kollej bitiruvchilaridir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» belgisi ostidagi mahsulotlar ko‘paymoqda