O‘zA O`zbek

27.07.2020 Chop etish versiyasi

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 28-iyuldan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 207 soʻm 69 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 70 tiyinga arzonlashdi.

1 yevro kursi 11 896 soʻm 4 tiyinga baholanib, 229 soʻm 69 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 142 soʻm 37 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

14 951
OʻzA