O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mikroorganizmlardan foydalanish texnologiyasi asosida yangi mikrobiologik o‘g‘it ishlab chiqarishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari, olimlar, fermerlar, tadbirkorlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining himoyalangan tuproqda sabzavotchilik laboratoriyasi mudiri, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Yekaterina Lyanning so‘zlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning ortib borayotgani sababli va mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligida kimyoviy vositalar va og‘ir texnika qo‘llanilganda tuproq xususiyatlarining yomonlashuvi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida inson va jonivorlar organizmi uchun zararli moddalar to‘planishi kabi ko‘plab salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu kabi holatlarda biologik yoki muqobil dehqonchilik muhim ahamiyatga egadir. Bunday dehqonchilikda mineral o‘g‘itlardan foydalanilmasdan tuproq unumdorligini oshirish uchun uning biologik faolligi kuchaytiriladi.

Samarali mikroorganizmlardan foydalanish tuproqni kimyoviy zaharli moddalar va sun’iy o‘g‘itlar qo‘llaniladigan an’anaviy qishloq xo‘jaligiga qaraganda ko‘p hosil beradigan unumdor yerga aylantiradi.

Tadbir doirasida "Baykal EM 1" yangi mikrobiologik o‘g‘itini mamlakatimizda ishlab chiqarish taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu o‘g‘it hosildorlikni oshirish, tuproq mikroflorasini qayta tiklash, fermerlar xarajatlarini ancha kamaytirish imkoniyatini yaratadi.

"Baykal-KMU" mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan ushbu preparat tuproqda ozuqa moddalar zaxirasini to‘playdigan yuqori molekulyar birikmalar sintezida ishtirok etadi, tarkibida xavfli nitratlar bo‘lmagan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari olish imkonini beradi.

Mamlakatimizning ushbu mikrobiologik o‘g‘itdan faol foydalanayotgan aksariyat fermer xo‘jaliklarida hosildorlik sezilarli ravishda oshgani kuzatilmoqda.

Davra suhbatida mutaxassislar preparatning tuproq kimyoviy tarkibi va inson salomatligiga ta’sirini o‘rganishni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonda biologik dehqonchilik rivojlanmoqda