O‘zA O`zbek

07.10.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda avgust oyidan beri ilk bor dollar kursi pastladi

O‘zbekistonda avgust oyidan beri ilk bor dollar kursi pastladi

O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 8 oktabridan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9433.34 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+13.31) so‘mga pastlaganini anglatadi.

Yevro kursi esa 1 oktabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan (+21.28) ko‘tarilib, 10354.03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ham pastlash (-0.44) kuzatilib, 145.75 so‘mni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

621
O‘zA