O‘zA O`zbek

13.08.2018 17:55 Chop etish versiyasi

O‘zbekistonda 7 oyda bozor xizmatlari hajmi 78662,3 milliard so‘m

O‘zbekistonda 7 oyda bozor xizmatlari hajmi 78662,3 milliard so‘m
2018-yil yanvar – iyul oylarida bozor xizmatlari hajmi 78662,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi xizmatlar sohasining rivojlanishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 133,2 foiz, transport xizmatlari ulushi ko‘rsatilgan umumiy xizmatlar hajmida 30,1 foizni, aholi jon boshiga xizmatlar hajmi 2399,8 ming so‘mni tashkil etdi.

2018 yil yanvar-iyul oylarida xizmatlar tarkibi, %

01.JPG

2018-yil yanvar – iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (36,0 foiz), moliyaviy xizmatlar (33,2 foiz), aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (16,9 foiz), sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar (14,7 foiz) bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi.

Taqqoslash uchun, 2017-yil yanvar – iyul oylarida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarning o‘sish sur’ati – 107,2 foiz, moliyaviy xizmatlar – 135,1 foiz, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 116,3 foiz, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar – 114,6 foizni tashkil etgan.

O‘zA
3 248