O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston yiliga 100 ming dona muzlatgich eksport qiladi

O‘zbekiston yiliga 100 ming dona muzlatgich eksport qiladi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Koreyaning “Samsung Elektroniks” kompaniyasi hamda “Artel” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ushbu loyiha asosida bir million dona maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Qayd etish joizki, ushbu hamkorlikka dastlabki qadamlar 2011 yilda boshlangan edi. Zero, ushbu yillarda “Artel” ushbu kompaniyaning bevosita ko‘magi va brendi ostida changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar, konditsionerlar, kompyuter uchun monitorlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirgan edi.

3.jpg

– Bugungi kunga kelib, bu hamkorlik yangi bosqichga chiqdi, – deydi “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisini birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov. – Chunki ushbu kelishuvga asosan Toshkentdagi texnopark hududida umumiy qiymati 62 million dollarga teng loyiha amalga oshiriladi. Uning yillik quvvati 1 million dona maishiy muzlatgichlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Hozirda ishlab chiqarish joyida ta’mirlash ishlari boshlangan. 18 oy davomida ta’mirlash va zamonaviy uskunalar o‘rnatish ishlari ketma –ketlikda bajariladi. Demak, birinchi mahsulot 2020 yilda xaridorlarga yetkazib beriladi.

Loyihaga ko‘ra, “Samsung Elektroniks” kompaniyasi hamkorligida 300 ming dona Samsung brendli muzlatgichlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur kelishuvning eng asosiy jihati shundaki, har yili ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning 100 ming donasi tashqi bozorlardagi sotish tizimi orqali eksportga yo‘naltiriladi. Bu o‘z navbatida soha eksportini yiliga 28-30 million dollargacha oshirish imkonini beradi. 
Uchrashuvda Bosh vazir o‘rinbosari E.G‘aniev so‘zga chiqdi.

5 046
Sayyora ShOEVA, Oqil G‘ULOMOV, O‘zA