Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan mazkur tadbirda ikki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo, sarmoya, neft-gaz, geologiya va mineral resurslar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, avtomobilsozlik, farmatsevtika, transport va transport kommunikatsiyalari, logistika, axborot texnologiyalari, elektrotexnika kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev, Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze, «China National Cable Engineering» korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi, bosh menejeri Li Hay Tao va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining o‘zaro muzokaralarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma, Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya O‘zbekiston – Xitoy aloqalari rivojiga xizmat qilmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning 2016 yil iyun oyida O‘zbekistonga davlat tashrifi natijasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.

Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlaridan. Ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari borasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan savdo, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilishga oid bitimlar savdo-iqtisodiy aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda.

O‘zbekistonning barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyoti, qulay jo‘g‘rofiy joylashuvi, zamonaviy transport kommunikatsiyalari, sarmoya jalb etish bo‘yicha puxta va ishonchli strategiyasi ko‘plab davlatlar qatori Xitoy ishbilarmonlarining ham hamkorlikka qiziqishini oshirmoqda. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 704 firma va kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular neft-gaz, neft-kimyo, kon-metallurgiya, mashinasozlik, savdo, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash, elektr texnikasi kabi sohalarda ish yuritayotir. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 4,7 milliard AQSh dollarini, joriy yilning birinchi choragida 1,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Forumda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mamlakatlarimiz ulkan salohiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

– O‘zbekiston Xitoyning Markaziy Osiyodagi asosiy hamkori va strategik sherigidir, – dedi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze, – Xitoy kompaniyalari mamlakatingizda turli sohalarda o‘z biznesini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Forumda Xitoyning gidroenergetika, metallurgiya, tog‘-kon sanoati, qurilish infratuzilmasiga ixtisoslashgan «SSS», «CNEEC», «Power China», «Sinosteel» kabi yetakchi kompaniyalari ishtirok etmoqda. Ushbu biznes-forum ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Biznes-forumda mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika kabi sohalardagi imkoniyatlari xususida so‘z yuritildi. Xitoy ishbilarmonlari mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, «Navoiy», «Jizzax», «Qo‘qon», «Urgut», «G‘ijduvon», "Hazorasp" va «Angren» iqtisodiy zonalaridagi katta qulaylik va imtiyozlar bilan atroflicha tanishtirildi.

– Korporatsiyamiz elektr ta’minoti, telekommunikatsiya, atrof-muhit muhandisligi kabi sohalarga mo‘ljallangan elektr uskunalari ishlab chiqaradi, – dedi «China National Cable Engineering» korporatsiyasi boshqaruvi a’zosi, bosh menejeri Li Hay Tao. – Anjuman doirasida O‘zbekistonning energetika sohasidagi ulkan salohiyati haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldik. Biz O‘zbekistonning istiqbolli bozorini chuqurroq o‘rganib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatidamiz.

Shu kuni O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘zaro manfaatli va istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi