Toshkentda O‘zbekiston va Xitoyning Shansi provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘mak berish qo‘mitasi va Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi tomonidan tashkil etildi.

Biznes-forum va kooperatsiya birjasi mavjud aloqalarni mustahkamlash hamda yangi loyihalarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nazira Dadaxonovaning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy hamkorligini tashkil qiladigan ulkan imkoniyatlarning bir qismi, xolos. Hamkorlikdagi biznes-forumlar va turli tadbirlar ikki tomonlama munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega.

Bu galgi biznes-forum va kooperatsiya birjasida mashinasozlik, farmatsevtika, to‘qimachilik, qurilish, oziq-ovqat, kimyo sanoati, elektrotexnika, muqobil energiya manbalari, zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan konsern va kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

– Shansi provinsiyasi tabiiy boyliklar zaxirasi va zamonaviy sanoatni rivojlantirish sur’ati bo‘yicha Xitoyda yetakchi o‘rinni egallaydi, – deydi Xitoy xalqaro savdo taraqqiyotiga ko‘mak berish qo‘mitasining Shansi provinsiyasidagi vakolatxonasi raisi o‘rinbosari Vu Futszi. – Bugungi tadbirlarda ushbu hududdagi ellikdan ortiq kompaniya vakillari qatnashdi. Ular O‘zbekiston korxonalari bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishga katta qiziqish bildirdi.

Biznes-forumda mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy muhit xususida ma’lumotlar taqdim etildi. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi “O‘zinfoinvest” agentligi, “O‘zfarmsanoat” konserni, “O‘zeltexsanoat” kompaniyasi va Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator investitsiyaviy shartnomalar imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi