O‘zA O`zbek

23.01.2019 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston va Turkiyada isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinadi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Turkiya isteʼmolchilar huquqlari uyushmasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq ikki mamlakat isteʼmolchilarining huquqlari muhofazasi isteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi har ikkala tashkilot hamkorligi doirasida amalga oshiriladi.

Endilikda Oʻzbekiston hududida boʻlgan Turkiya fuqarolari taklif, shikoyat va ariza bilan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “ishonch telefoni”ga yoki www.istemol.uz elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Xuddi shu kabi, Turkiyada ishlayotgan, taʼlim olayotgan yoki bu mamlakatga sayyoh sifatida borgan yurtdoshlarimiz isteʼmolchi sifatida – u savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasida boʻlishidan qatʼi nazar, huquqlari buzilgan holatlarda Turkiya isteʼmolchilar huquqlari uyushmasining

+90 (0312) 425 15 29 “ishonch telefoni”ga yoki thd@tuketicihaklari.org.tr elektron manziliga murojaat qilishlari mumkin.

Bunday amaliyot muqaddam qonunchilik darajasida koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmagan, asosan ikki mamlakat sayyohlariga koʻp miqdorda zarar yetkazishi, shuningdek mamlakatning turizm salohiyati va nufuziga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muammolarga oʻz vaqtida yechim topishga yordam beradi.



5 377
OʻzA