Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.09.2017 18:20 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston tadbirkorlari xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida

Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan “World Food Moscow – 2017” xalqaro oziq-ovqat ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish, tadbirkor va ishbilarmonlarning yirik xalqaro yarmarkalarda ishtirok etishi, xaridorlar topishi va shartnomalar tuzishini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzuridagi Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magi bilan tadbirkorlarimiz turli xalqaro ko‘rgazmalarda muntazam qatnashib, foydali kelishuvlar tuzishga erishmoqda.

“World Food Moscow – 2017” jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yetakchi kompaniyalar ishtirok etadigan, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadigan nufuzli forumdir. Bu yil mazkur ko‘rgazmada 60 ga yaqin mamlakatdan 2 mingdan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmadagi O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi o‘ziga xos dizayni va keng turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boyligi bilan qatnashchilarda qiziqish uyg‘otmoqda. Unga tashrif buyurganlar mamlakatimizning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish borasidagi salohiyati va imkoniyatlari, sohada taklif etilayotgan xizmatlar bilan tanishmoqda.

Ushbu xalqaro ko‘rgazma mamlakatimiz tadbirkorlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarni xalqaro bozorga taklif etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik o‘rnatish, mavjud aloqalarni yanada kengaytirishda qulay imkoniyatlar yaratadi.

Matnazar Elmurodov, O‘zA
626






Все о погоде - Pogoda.uz