O‘zA O`zbek

17.10.2019 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilindi

 O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatdagi oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumotni (2019 yil 1 oktabr holatiga) e’lon qildi.

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Безымянный.jpg

1 185
O‘zA