I. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlar va mamlakatni modernizatsiya qilishni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov joriy yil 15-yanvarda bo‘lib o‘tgan Respublika Hukumati majlisida belgilab bergan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari izchil amalga oshirilishi tufayli shu yilning birinchi yarmida mamlakatimizda mustahkam iqtisodiy o‘sishning yuksak sur’atlarini saqlash ta’minlandi.

2015-yilning birinchi yarmiga nisbatan yalpi ichki mahsulot hajmi 7,8 foiz, sanoat 6,7 foiz, qishloq xo‘jaligi 6,8 foiz, chakana savdo aylanmasi 14,1 foiz o‘sdi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hajmini 11,8 foiz va pudrat-qurilish ishlari hajmini 17,5 foizga oshirish imkonini berdi.

Joriy yil boshidan buyon 2016-2020-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida 6500 ta servis obyektlari tashkil etilgani xizmatlar hajmining 12,9 foiz va yalpi ichki mahsulot tarkibida xizmatlar ulushini 2015-yil birinchi yarmidagi 57,1 foizdan 57,6 foizgacha oshirish imkonini berdi.

Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsiti va 2,5 foizni tashkil qilgan inflatsiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash orqali erishildi.

O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari

(2015-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)

Ko‘rsatkichlar

O‘sish sur’atlari

Yalpi ichki mahsulot

107,8

Sanoat

106,7

Chakana savdo aylanmasi

114,1

Qurilish ishlari

117,5

O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

111,8

Qishloq, o‘rmonchilik va baliqchilik xo‘jaligi

106,8

Jami xizmatlar

112,9

Sanoatda qayta ishlash tarmoqlarining ulushi o‘tgan yilning shu davridagi 77,5 foizdan 78,6 foizga oshdi va bu joriy yil birinchi yarmida sanoatning qariyb 80 foiz o‘sishini ta’minladi. 

Sanoatdagi sifat o‘zgarishlari 2015-2019-yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturi hayotga samarali tatbiq etilayotganidan dalolat beradi. Xususan, xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida tovarlar ishlab chiqaradigan tarmoqlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi. Jumladan, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar – 129,9, to‘qimachilik, kiyim-kechak va charm mahsulotlari – 116,6, oziq-ovqat mahsulotlari 113,9, farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari – 124, qurilish materiallari 113,9 foizni tashkil qildi.

Buning samarasida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar, chunonchi, polietilen, polipropilen, fason va maxsus profillar, maishiy kimyo mahsulotlari, seyalkalar, nasoslar, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, dori-darmon va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi.

Joriy yil boshidan buyon tayyor tikuvchilik-trikotaj buyumlarining yangi 36 turi va 45 modeli, 69 turdagi yangi qandolat, konservalangan meva-sabzavot va sut-go‘sht mahsulotlari, 60 yangi nomdagi dorivor preparatlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Tijorat banklari tomonidan texnologik uskunalar xarid qilish va iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalarning aylanma kapitalini to‘ldirish uchun ajratilgan kredit resurslari hajmining 1,3 barobar ko‘paygani tayyor iste’mol tovarlari turlarini kengaytirish imkonini berdi.

Mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarda 35 dan ortiq turdagi yangi sanoat mahsulotlari, jumladan, neft-gaz-kimyo uskunalari, elektropechlar, elektr to‘playdigan suv isitgichlar, sport trenajyorlari, bolalar velosipedi va samokatlari, avtomobillar spidometri va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Umuman, joriy yil boshidan buyon 2015-2019-yillar uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi asosida qiymati 2,3 trillion so‘mdan ziyod mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va 2015-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 1,5 barobar, import o‘rnini bosish samaradorligi 795 million dollarni tashkil qildi.

Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi sanoatni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish imkonini berdi. Shu yilning birinchi yarmida Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 1,9 milliard dollarlik 43 ishlab chiqarish obyekti ishga tushirildi. Jumladan, “Jizzax viloyatidagi sement zavodini kengaytirish”, “JM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», “Indorama Qo‘qon tekstil” xorijiy korxonasida yigiruv korxonasi tashkil etish (IV-bosqich)”, Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi “Fanteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yigiruv korxonasi tashkil qilish”, “Moylisoy koni qurilishi”, “GMZ-3 da texnik suvni chiqarish moslamasi va chuchuklashtirish qurilmasini qurish”, “Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyatida polietilen plyonka va quvurlar, “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida shisha tolasidan issiqlik izolatsiya buyumlari va keng turdagi elektr qurilma hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqa loyihalar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ziyod 72 yirik yangi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida qiymati 2,4 trillion so‘mdan ziyod 8,9 ming loyiha, jumladan, sanoat sohasida 2 mingdan ortiq yangi quvvatlarni ishga tushirish, 390 korxonaning ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish va 133 ishlab chiqarish obyektini modernizatsiya qilishni o‘z ichiga olgan 2,6 ming loyiha amalga oshirildi.

Moliya-bank tizimi barqarorligini ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi faol investitsiya siyosatini hayotga tatbiq etish imkonini berdi. Buning samarasida banklar umumiy kapitali joriy yilning birinchi yarmida 23,3 foiz, ularning aktivlari 25,1 foiz, banklardagi depozitlar 27,7 foiz ko‘paydi. Natijada tijorat banklari mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotga kredit ajratish hajmi 26,2 foiz o‘sdi. Bunda bank kreditlarining qariyb 80 foizini investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar tashkil qildi.

Shu yilning birinchi yarmida iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 23 foizdan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etdi. Ularning hajmi o‘tgan yil shu davriga qaraganda 17,2 foiz o‘sdi va 1,8 milliard dollarni, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 1,2 milliard dollarni tashkil qildi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan o‘zlashtirilgan mablag‘lar hajmi 6,9 foiz ko‘paydi va 240 million dollardan oshdi.

O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalarning 51 foizdan ortig‘ini korxona va aholi mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan investitsiyalar tashkil qildi. Bu faol investitsiya siyosatini amalga oshirish, shuningdek, tadbirkorlik daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish va aholi yashash darajasi hamda sharoitlarini yuksaltirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish uchun qo‘shimcha ichki zaxiralar jalb etilgani samarasidir.

Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga tatbiq etilishi natijasida shu yilning birinchi yarmida yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini o‘rtacha 9,8 foiz, elektr energiyasi iste’moli hajmini yiliga o‘rtacha 265,6 ming kVt/soat va yalpi ichki mahsulotda energiya hajmini 7,6 foiz kamaytirishga erishildi.

II. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, eksportda fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish

So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish va ularning raqobatbardoshligini oshirishga doir chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi hamon saqlanib turgan global inqiroz holatlari va jahon bozoridagi narxlarning mamlakat eksport salohiyatiga salbiy ta’sirini sezilarli ravishda kamaytirish imkonini berdi. Buning samarasida mahalliy eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, shu yilning birinchi yarmida tovar va xizmatlar eksporti hajmini 2,4 foiz oshirish ta’minlandi.

Mamlakatimiz eksportchilarining tashqi bozordagi o‘rnini saqlash, shuningdek, yurtimiz eksport salohiyatini mustahkamlash maqsadida o‘tgan davrda tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish hajmini ko‘paytirish, eksport qilinadigan mahsulotlar turi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, eksport faoliyatiga yangi korxonalarni jalb etish ishlari davom ettirildi.

Joriy yil boshidan buyon ilgari o‘z mahsulotlarini eksport qilmagan qariyb 600 korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, 208 turdagi yangi mahsulot eksportga yetkazib berildi. Yangi eksport bozorlari soni 44 taga ko‘paydi. Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari va Janubiy Afrika Respublikasiga yengil avtomobillar, Buyuk Britaniyaga kuch agregatlari, dvigatellar tarkibiy qismlari, Latviyaga g‘ildirak disklari, Janubiy Koreyaga avtogeneratorlar, Yaponiyaga vinomateriallar, AQSh va Isroilga vino-aroq mahsulotlari, XXR, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Afg‘onistonga polietilen va polipropilen, Shvetsiya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Indoneziya, Moldova, Ozarbayjonga mineral o‘g‘itlar, Niderlandiyaga metall molibdeni va reniy, Hindiston va Eronga metall ruxi, Belarusga sport poyabzallari, Polsha va Janubiy Koreyaga charm buyumlari va boshqa mahsulotlar eksport qilindi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan polietilen (18,8 barobar), molibden mahsulotlari (2,5 barobar), suprefos (1,9 barobar), ammoniy sulfati (1,3 barobar), yuk avtomobillari (1,3 barobar), qora metall prokati (1,3 barobar), trikotaj polotno (2,2 barobar), paxtadan tayyorlangan matolar (1,4 barobar) va boshqa yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksportga yetkazib berish hajmi oshdi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi, jumladan, “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tashkil etilgani natijasida joriy yil birinchi yarmida 354 ming tonnadan ziyod yoki 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko‘p ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari, jumladan, 270 ming tonna sabzavot, 130 ming tonnadan ortiq meva va uzum, 1,3 ming tonna poliz mahsulotlari eksportga yetkazib berildi.

III. Muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish 

Joriy yilning birinchi yarmida 2015-2019-yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini amalga oshirish faol davom ettirildi.

Xususan, Farg‘ona vodiysi viloyatlarini mamlakatimizning boshqa hududlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l orqali bog‘laydigan, 19,2 kilometr uzunlikdagi noyob tunnelga ega 123,1 kilometrlik Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘li ishga tushirildi.

Samarqand-Buxoro temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish, “Navoiy-Konimex-Miskin temir yo‘l liniyasini qurish” va “Qandim gazni qayta ishlash zavodiga olib boradigan temir yo‘l qurish” loyihalari doirasida temir yo‘l qurish, 54 kilometrlik temir yo‘l uchastkalarini qayta tiklashga doir ishlar amalga oshirildi.

2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi samarasida joriy yil birinchi yarmida keng polosali foydalanish uchun 1250 kilometrdan ziyod optik-tolali tarmoqlar barpo etildi. Aholini raqamli televideniye bilan qamrab olish darajasi 68 foizga yetkazildi. Davlat axborot resurslari soni 318 taga yetkazildi, davlat organlari axborot tizimlari 485 ga yetdi, 286 turdagi interfaol xizmatlar joriy etildi. O‘tgan davrda Yagona portal orqali 677 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatildi va o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 barobarni tashkil qildi.

Aholi hayot darajasini yanada oshirish maqsadida shu yilning birinchi yarmida mamlakatimizda 6 million kvadrat metr, jumladan, qishloq joylarda 4,4 million kvadrat metr uy-joy, shuningdek, uzunligi 856,7 kilometr, qishloq joylarda esa 641,6 kilometr suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi dasturi doirasida 5,1 mingdan ziyod uy qurildi.

IV. Xususiy mulk, tadbirkorlik va kichik biznesni jadal rivojlantirish va ularning manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish 

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada kamaytirish maqsadida joriy yil birinchi yarmida qiymati 267,5 milliard so‘mlik investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan 305 davlat aktivlari xususiy mulkdorlarga sotildi.

Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi doirasida 30 aksiyadorlik jamiyatida xorijiy investorlarga nizom jamg‘armasining 15 va undan ko‘p hajmdagi davlat ulushlari sotildi. Buning samarasida nizom jamg‘armasida davlat ulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari soni 1,8 barobar, ya’ni 374 tadan 202 taga kamaydi.

Joriy yil boshidan buyon 361 aksiyadorlik jamiyatida zamonaviy xalqaro menejment uslublari talablariga muvofiq Korporativ boshqaruv kodeksini joriy qilish boshlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun kichik biznes subyektlariga 8,3 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi, o‘sish 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarni tashkil qildi. Jumladan, qiymati 1,8 trillion so‘mlik mikrokreditlar ajratildi. Xalqaro moliya institutlarining 102,4 million dollar miqdoridagi kredit liniyalari o‘zlashtirildi. O‘zbekiston Banklari assotsiatsiyasi huzuridagi Investitsiya loyihalari bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlashni moliyalashtirish jamg‘armasi ko‘magida qiymati 25 milliard so‘mlik 31 loyiha moliyalashtirildi.

Joriy yil boshidan mamlakatimiz tuman va shaharlarida tadbirkorlik subyektlariga «yagona darcha» tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari 16 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha «E-ijro» idoralararo elektron hamkorlik tizimini joriy etish orqali faoliyat boshladi. O‘tgan davrda “yagona darcha” markazlari orqali 48 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektiga davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Xususiy tadbirkorlikning tovar va xomashyo bozorlaridan foydalanishi kengaytirilishi tufayli Respublika tovar-xomashyo birjasida davlat xaridlari bo‘yicha o‘z tovar va xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida ro‘yxatga olingan kichik biznes subyektlari soni 10,2 foizga ko‘paydi va 40 ming subyektni yoki davlat xaridlari ishtirokchilari umumiy sonining 97,7 foizini tashkil qildi.

Qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yanada rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shu yilning birinchi yarmida 16,4 mingdan ortiq yangi kichik biznes subyektlari, ularning asosiy qismini sanoat va qurilish sohasida (31,4 foiz) tashkil qilish, yalpi ichki mahsulotda kichik biznes ulushini 2015-yilning birinchi yarmidagi 44,7 foizdan 46 foizga, sanoatda 35,5 foizdan 41,9 foizga, investitsiyalarda 33,5 foizdan 37,7 foizga, bandlikda 77,3 foizdan 77,7 foizga oshirish imkonini berdi.

V. Qishloq xo‘jaligida islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish

2016-2020-yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida o‘tgan davrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hosildorligi hamda unumdorligini yanada oshirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari bajarildi. Meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha fermerlarga o‘z mahsulotini davlat ehtiyojlari va eksport qilish uchun kafolatli sotishni ta’minlaydigan davlat buyurtmasi joriy etildi.

Ekin maydonlarining optimallashtirilishi samarasida joriy yilda unumdorligi va hosildorligi past yerlar hisobidan paxta dalalari 30,5 ming gektarga qisqartirildi. Paxtadan bo‘shagan yerlarga ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish asosida meva-sabzavot ekildi. Fermer xo‘jaliklari soni 17,6 mingtaga ko‘paydi va 101 mingtani tashkil etdi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilash va unumdorligini oshirish maqsadida joriy yil birinchi yarmida uzunligi 501,4 kilometrlik kollektor, 137,2 kilometr yopiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 80 vertikal drenaj qudug‘i, 432 kuzatuv qudug‘i, 12 gidrotexnik inshoot barpo etildi va rekonstruksiya qilindi.

2016-2020-yillarda meva-sabzavotlarni saqlash bo‘yicha moddiy-texnik bazani mustahkamlash va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida 27,6 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun 57 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va 250 tonna meva-sabzavot saqlanadigan 2 sovutish kamerasi modernizatsiya qilindi.

Joriy yil boshidan buyon tijorat banklari chorvachilik sektori salohiyatini yanada oshirish maqsadida qiymati 296 milliard so‘mdan ziyod kredit ajratdi. Qoramol boqish, parrandachilik, asalarichilik xo‘jaliklarini rivojlantirish va baliq yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha 34,6 mingta loyiha amalga oshirildi.

Buning samarasida joriy yil birinchi yarmida 1,5 million tonna kartoshka (2015-yilning shu davriga nisbatan 109,1 foiz), 2,9 million tonna sabzavot (109,5 foiz), 176,6 ming tonna poliz mahsulotlari (108,3 foiz), 906,7 ming tonna meva va rezavorlar (108 foiz) va 26,6 ming tonna uzum (109,4 foiz) yetishtirildi. Qoramollar umumiy bosh soni 11,7 milliondan oshdi (105,6 foiz), 1008,1 ming tonna go‘sht (106,8 foiz), 4205,5 ming tonna sut (107,1 foiz), 3 065,8 million dona tuxum (109,1 foiz) va boshqa mahsulotlar tayyorlandi.

VI. Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi hayot darajasi va sifatini yanada oshirish

Aholi bandligini ta’minlash vazifasini izchil amalga oshirish maqsadida 2016-yil birinchi yarmida Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturining amalga oshirilishi samarasida 462,5 ming yangi ish o‘rni, jumladan, qishloq joylarda 276,7 ming (umumiy sonning 59,8 foizi) tashkil etildi.

2015-2016 o‘quv yilida kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bandligini ta’minlash maqsadida har bir hudud bo‘yicha tegishli manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Kasb-hunar kollejlarining 468,9 ming bitiruvchisi bilan to‘rt tomonlama – “kollej – korxona – bitiruvchi – hokim” shartnomalar tuzilib, keyinchalik ish bilan ta’minlash maqsadida amaliyot o‘tashi uchun ular 222 mingta korxona va tashkilotga biriktirildi.

Ta’lim jarayoni va tibbiyot xizmati sifatini yanada yuksaltirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida joriy yil boshidan buyon ta’lim va tibbiyot muassasalari obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, zamonaviy inventarlar bilan jihozlash uchun qiymati 684,6 milliard so‘mlik kapital qo‘yilmalar o‘zlashtirildi (2015-yilning shu davriga nisbatan 107,1 foiz). Bolalar sporti obyektlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 203 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i o‘zlashtirildi.

Buning samarasida 2016-yil boshidan buyon 16,8 ming o‘quvchiga mo‘ljallangan 47 umumta’lim maktabi, 2 musiqa va san’at maktabi, 120 o‘quvchiga mo‘ljallangan 2 kasb-hunar kolleji va 100 o‘rinli 1 yotoqxona, 50 bolalar sporti obyekti, 440 o‘rinli va bir smenada 225 kishini qabul qilishga mo‘ljallangan tibbiyot muassasalari barpo etildi.

VII. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturining sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida shu yilning birinchi yarmida oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, mustahkam, sog‘lom va ahil oilani shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirildi.

Oila qurayotgan yoshlarni tibbiy ko‘rikdan, homilador ayollarni skrining tekshiruvidan o‘tkazish, bolalarni 12 ta boshqariladigan infeksiyaga qarshi emlash ishlari kuchaytirildi va kengaytirildi.

147 mingdan ziyod bola imtiyozli yo‘llanmalar asosida bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborildi. Oilalar, xotin-qizlar va bolalarni sog‘lomlashtirish va ularning dam olish sharoitlarini yaxshilash maqsadida mamlakatimizdagi 5 sanatoriy-profilaktoriyada qiymati 12,1 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Joriy yil boshidan buyon “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida jami 4,4 trillion so‘m va 111 million dollardan ziyod mablag‘ o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari jahon iqtisodiyotida chuqur tizimli muammolar davom etayotgan sharoitda dunyoda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» sifatida e’tirof etilgan, puxta o‘ylangan va milliy manfaatlarimizga mos keladigan strategiyaning izchil hamda maqsadli amalga oshirilayotgani samarasida iqtisodiy yuksalish va makroiqtisodiy mutanosiblikning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini saqlash ta’minlanayotganidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar samaradorligi xalqaro moliya institutlari va jahon hamjamiyati, jumladan, shu yilning 23-24-iyun kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining Toshkentda yuksak saviyada o‘tkazilgan o‘n beshinchi yubiley sammitida tashkilotga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan yuqori baholandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning shu yil 15-yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida belgilab bergan va iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, xususiy mulkni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatimiz aholisining tadbirkorlik daromadlari uzluksiz o‘sishini ta’minlashga qaratilgan 2016-yilgi iqtisodiy dasturning muhim ustuvor yo‘nalishlarini izchil amalga oshirish uchun ichki zaxiralarni jalb etish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish kelgusi yillarda iqtisodiyotimiz barqarorligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim vazifalar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi    O‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot vazirligi              Davlat statistika qo‘mitasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi yarmida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari to‘g‘risida