Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.09.2017 17:53 Chop etish versiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda onlayn videomuloqot o‘tkazdi

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi raisining o‘rinbodari A.Salimov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda tashqi savdo ishtirokchilariga yaratilayotgan qulayliklar, meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berishni sifat jihatdan yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida mazkur mahsulotlarni eksport qilish hajmi oshib borayotganini ta’kidladi.

Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi ijrochi direktori Ye.Son va amerikalik tadbirkorlar O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlar vitaminlarga boyligi, ular qayta ishlanganda ham foydali jihatlarini yo‘qotmasligini alohida qayd etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 160 ziyod korxona AQSh bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Birgina 2016-yilda hamkorlikdagi loyihalar ko‘magida 450 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Ta’kidlash joizki, hozir O‘zbekistonda yetishtirilgan 180 turdan ziyod meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar AQSh, Braziliya, Vetnam, Indoneziya, Kipr, Makedoniya, Malayziya, Slovakiya, Tailand, Xitoy, Yaponiya kabi saksondan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Sohada olib borilayotgan izchil sa’y-harakatlar samarasida eksport geografiyasi kengayib, hajmi tobora oshmoqda.

Qishloq xo‘jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani yil davomida aholini asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.

Onlayn videomuloqotda chet ellik tadbirkorlarga O‘zbekistonda turli sohalar qatori agrar sanoatda faoliyat ko‘rsatayotgan chet ellik investor va sheriklar uchun qator soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar joriy etilgani haqida ma’lumot berildi.

– Mamlakatimizdagi qulay sarmoyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada kengaytirishni ta’minlamoqda, – deydi «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi boshqarma boshlig‘i Bekzod Danayev. – Biz bugungi kunda AQShlik tadbirkorlar bilan meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash, parhez mahsulotlar, bolalar taomlari ishlab chiqarish sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tashkil etish niyatidamiz.

Sayyora Shoyeva, O‘zA
939






Все о погоде - Pogoda.uz