Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston – Qirg‘iziston ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakatning savdo, sanoat, iqtisodiyot, turizm industriyasi, elektr energiyasi, qurilish, mashinasozlik, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirlik, kompaniya va firmalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlik turli sohalarda kengayib bormoqda. Savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasida o‘zaro manfaatli loyihalar hayotga izchil joriy etilmoqda. Ikki mamlakat Prezidentlarining oliy darajadagi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda yangi davrni boshlab berdi. Chegara postlari ochilib, transport aloqalari tiklandi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov, Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti M.Sharshekeyev va boshqalar tarixi, dini, tili, madaniyati bir ikki xalqning o‘zaro yaqin qo‘shnichilik aloqalari, savdo-iqtisodiy hamkorligi bugun yuqori ruhda davom etayotganini ta’kidladi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasiga oid shartnomaning ratifikatsiya qilingani mamlakatlarimiz milliy manfaatlarida alohida o‘rin tutishi, kelgusidagi istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam ekani qayd etildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 60 foiz o‘sib, 170 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Qirg‘iziston kapitali ishtirokidagi 54 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida, Qirg‘izistonda O‘zbekiston ishbilarmonlari tomonidan barpo etilgan 49 korxona ish yuritmoqda.

Forumda ikki mamlakatning 500 dan ziyod davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, firma, kompaniya hamda biznes doirasi vakillari ishtirok etdi. Savdo, sarmoya, energetika va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish, mashinasozlik, qurilish va qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarish borasida manfaatli kelishuvlarga erishildi. Xususan, biznes-forumda avtomobilsozlik, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, maishiy texnika mahsulotlari kabi qator yo‘nalishlarda hamkorlikka oid 17 hujjat imzolandi.

– Mazkur forum uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik dasturlarini amaliyotga joriy qilish, o‘zaro mahsulot va xizmatlar yetkazib berish hajmini ko‘paytirishda ishbilarmonlar uchun muloqot maydoni vazifasini o‘tadi, – deydi Qirg‘izistonning “Imzo LTD” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori S.Mirzayev. – O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan sheriklikda 2008-yildan buyon profil romlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz. Tadbir davomida bu boradagi qo‘shma loyihalarning istiqbolli paketini imzolashga muvaffaq bo‘ldik. O‘zbekistonning “Artel” hamda “Akfa” kompaniyalari bilan shartnoma imzoladik. Mamlakatingizning jahon standartlariga to‘liq javob beradigan mahsulot ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda Osiyoning yetakchi davlatlari bozorini zabt etishga ishonamiz.

Muzokaralarga boy o‘tgan forumda qiymati 200 million dollardan ziyod shartnomalar imzolandi. Kelgusida o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 500 million dollarga yetkazish, qo‘shma korxonalar tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

– Davlat rahbarlari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlar mintaqada samarali savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun puxta zamin yaratdi, – deydi “ANAXMED GAZ-BIZNES” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori o‘rinbosari A.Karimov. – Biznes-forum doirasida Qirg‘izistondan mamlakatimizga o‘simlik moyi eksportini nazarda tutadigan 10 million dollarlik shartnoma imzoladik. Kelgusida bu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishni rejalashtirganmiz.

Anjuman doirasida bo‘lib o‘tgan “B2B” ishbilarmonlar ishtirokidagi bevosita uchrashuvlarda ham turizm, oziq-ovqat, IT texnologiyalari, yengil sanoat kabi yo‘nalishlarda kelishuvlarga erishildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qirg‘iziston ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi