O‘zbekiston – Ozarbayjon: Tadbirkorlikda yangi hamkorlik
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ozarbayjon va mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi.Tadbirda 20 dan ortiq ozarbayjonlik yirik kompaniya vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistonda Ozarbayjon Respublikasi sarmoyasi ishtirokida 84 korxona faoliyat yuritadi. Ozarbayjonda esa O‘zbekistonning 2 korxonasi tashkil etilgan. Bular "O‘zbekiston havo yo‘llari" MAK va "O‘zavtosanoat" dilerlik markazidir.
Biznes-forum doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov va Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda ikki mamlakat ishbilarmonlari hamkorlikdan birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.