Sanoatlashtirish ramzi, texnik va texnologik yutuqlar namoyishi uchun ochiq platforma hisoblangan butunjahon ko‘rgazmasi – EKSPO 93 kun davom etib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga va xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Ostona, 9-iyun. O‘zA maxsus muxbiri Bekzod Hidoyatov xabar qiladi.

Dunyoda shunday sport musobaqalari, madaniy ko‘rik-tanlovlar bor: futbol bo‘yicha jahon chempionati, olimpiada o‘yinlari, Formula 1 musobaqasi, Yevrovideniye qo‘shiqlar tanlovi... Bular ma’lum vaqt davom etib, yer yuziga tinchlik urug‘ini sochadi, jahon xalqlarini birlashtiradi, insoniyatga o‘zaro tajriba almashish uchun qulay sharoit yaratadi.

Xalqaro ko‘rgazmaga bu yil Ostona shahri mezbonlik qilmoqda. EKSPOning rasmiy ochilish marosimi 2017-yil 9-iyun kuni o‘tkazildi.

Birinchi jahon ko‘rgazmasi Buyuk Britaniya shahzodasi Albert tashabbusi bilan “Hyde Park”da o‘tkazilgan. Jozef Pakston tomonidan ushbu bog‘da temir va shisha yordamida doira shaklida bunyod etilgan “Billur saroy” barchaning diqqatiga sazovor bo‘lgan. 1928-yilda Xalqaro ko‘rgazma o‘tkazish to‘g‘risida konvensiya imzolangan. Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi (XKB) boshqaruv organi hisoblanadi. Uni o‘tkazish tartibiga ko‘ra (universal, xalqaro, ixtisoslashtirilgan) uch oydan olti oygacha davom etadi.

Hozirga qadar 35 marotaba o‘tgan ko‘rgazmaga Bolgariya, Ispaniya, Janubiy Koreya, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Turkiya singari mamlakatlar mezbonlik qilgan. An’anaviy o‘tkazib kelinayotgan EKSPOning nufuzi, mavqei yildan-yilga yuksalib, unda ishtirok etishni istagan davlatlar safi tobora kengayib bormoqda.

EKSPO – 2017 ko‘rgazmasida O‘zbekiston, Rossiya, AQSh, Xitoy, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Vetnam, Armaniston, Pokiston, Ozarbayjon, Belarus, Kuba, Turkmaniston, Ruminiya, Braziliya singari 120 dan ziyod davlat o‘zining texnologik, ilmiy, madaniy yutuqlarini namoyish etmoqda. Shuningdek, 20 dan ortiq xalqaro tashkilot ishtirok etmoqda.

EKSPO – 2017 xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmaning asosiy mavzusi “Kelajak energiyasi” deb nomlangan bo‘lib, sayyoramizga katta ta’sir ko‘rsatayotgan energiya iste’moli muammosi jahon hamjamiyatini tashvishga solayotganini o‘zida aks ettiradi. Uning mohiyatini “Uglerod dioksidi chiqarishni qisqartirish”, “Energiya samarador turmush tarzi”, “Energiya barcha uchun” singari mavzularda o‘tkaziladigan seminarlar ochib beradi.

Qozog‘iston Respublikasi ko‘rgazmaga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda bunyod etilgan moviy rang sfera uzoqdan ko‘zga tashlanadi. “Ostona EKSPO – 2017” ko‘rgazma majmui ana shu sferaning atrofiga jamlangan. Umumiy maydoni 174 gektar. Bu yerda jami 36 obyekt joylashgan.

Moviy rang sferaning so‘l qismida O‘zbekiston bayrog‘i mag‘rur hilpirab turibdi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namoyishi uchun ikki qavatli bino ajratilgan. Kiraverishda GM Uzbekistan mahsuloti – Cobalt avtomobili qo‘yilgan. Pavilyon asosiy eshigining tepa qismiga yirik monitor o‘rnatilgan. Unda mamlakatimizning boy madaniy merosi, tarixiy obidalari, milliy urf-odat va an’analari, iqtisodiy salohiyati, turistik maskanlar, diyorimizda yetishtirilgan sarxil mevalar namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston pavilyonining birinchi qavati 630 kvadrat metr maydonni egallagan. Bu yerda quyosh, shamol va suv, ya’ni kelajak energiyasi mahsulotlari namoyish etilmoqda.

Bilasiz, tabiatga zarar yetkazmay uning ne’matlaridan oqilona foydalanish, suv, gaz hamda elektrni tejash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, ekologik muammolarning oldini olish hamda bartaraf etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi. Elektr energiyasini tejashda quyosh energiyasini qo‘llash usuli qo‘l keladi. Masalan, hozir avtomobillarni yurgizishda maxsus akkumulyatordan foydalaniladi. Mamlakatimiz pavilyonidan o‘rin olgan quyosh energiyasi stendida 2030-yilda avtomobillarni quyosh nuri yordamida qanday quvvatlantirish mumkin ekani namoyish etilmoqda. Bu ko‘rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otayotir.

Umumiy maydoni 550 kvadrat metrni tashkil etgan ikkinchi qavatda mamlakatimizning transport va logistika, turizm sohalari hamda oziq-ovqat, vino va sharbat tayyorlash sanoatida erishilgan yutuqlar, milliy taomlarimiz namoyish etilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston mahsulotlari EKSPO – 2017 xalqaro ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda